«Klaster»: U Özbekiston qişloq xöjaligini önglay oladimi? – «Öztöqimaçiliksanoat» rahbari bilan suhbat
|22:24 / 06.03.202050 7219 min
Özbekiston qişloq xöjaligida yangi yönaliş – klaster tizimiga ötiş boşlangan. Bu tizimga soha odamlarining munosabati turliça. Uni yoqlayotganlar qatorida tanqid qilayotganlar ham bor.
Fermerlarning yeri klasterga birlaştirilişi vaji bilan tortib olinayotgani borasidagi tanqidiy çiqişlar ham tez-tez kuzatilib turibdi.
Xöş, özbek tilida yangi atama sifatida qöllanilayotgan «klaster» özi nima? Bu tizim Özbekiston qişloq xöjaligiga nima beradi? U köp yillar «çöloq» bir soha bölib kelgan qişloq xöjaligini önglay oladimi? Undan kim daromad köradi?
Klasterlar sohaning ayrim kişilari aytayotgani kabi monopoliyaning yangi körinişimi?
Kun.uz öz manziliga kelayotgan köplab murojaatlar, savollarni inobatga olgan holda «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi rahbari Ilhom Haydarov bilan intervyu taşkil qildi.
«Prezidentning klaster borasidagi taklifi meni qörqitgan edi»
Klaster – oddiy tilda aytganda qanday tizim? U fermer xöjaligidan nimasi bilan farq qiladi? Ilhom Haydarovdan dastlab şu haqida söradik.
–Masalaga fermerlikdan klasterga ötiş deb emas, balki qişloq xöjaligida, paxtaçilikda bölayotgan islohotlarning namunasi deb qaralişini xohlardim.
Yaxşi eslayman, 2017 yil fevral oylarida prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga bordi. Şu taşrifda prezident birinçi bor klaster islohotini ilgari surgan edi. Prezident aytdiki, töqimaçilik korxonalarimiz oyoqqa turib oldi, bu korxonalar endi paxtaçilikda mustahkam manba sifatida işlab keta oladi, deb.
Töğrisini aytaman, bu taşabbus meni dastlab biroz qörqitdi. Çunki endi-endi oyoqqa turib kelayotgan va özini dunyoga körsata boşlagan sanoatimiz katta sarmoyalar va qişloq xöjaligiga taklif qilindi.
Bu katta yangilik edi.
«Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi rahbari Ilhom Haydarov
Şavkat Mirziyoyev buni oddiy qilib tuşuntirib berdi. U aytdiki, «paxtaçilik sanoati sohaga katta sarmoya kiritgan va endi töqimaçilikka kafolatlangan miqdorda xomaşyo kerak. Töqimaçilik sohasi işbilarmonlari bunga bemalol kirişib keta oladi».
Bu sözlarning töğriligini vaqt isbotlayapti.
Masalan, 2017 yilda Özbekistonda 1 dona klaster işlagan bölsa, 2018 yilda 15ta va 2019 yilda bu raqam 75taga çiqdi.
Mavzuga oid
Klaster bu – töplanib işni amalga oşiriş. Masalan, paxta yetiştirildi. Mahsulot işlab çiqariş uçun uni endi tolaga aylantiriş kerak. Keyingi qadamda tola ip kalavaga, ip kalava esa matoga aylantiriladi. Sönggi qadamda matodan mahsulot işlab çiqariladi.
Klaster – mana şu butun tizimni şakllantiriş.
Uning fermerlikdan farqi nimada? Avval fermerlarimiz bevosita «Özpaxtasanoat» bilan şartnoma tuzib, ularni paxta tolasi bilan ta'minlab bergan. «Özpaxtasanoat»dan esa töqimaçilik korxonalari paxta sotib olardi. Endilikda fermer va töqimaçilik korxonasi örtasida uzviylik paydo bölmoqda.
Klaster tizimi ikkita yönalişda taşkil qilindi. Birinçisi, fermerlar va töqimaçilik korxonalari örtasida bevosita şartnoma. Ikkinçi, salmoği yuqori bölgan töqimaçilik korxonalari fermerlikni özi şakllantirmoqda. Bunga misol – Quyi Çirçiq tumanidagi «TCT cluster» korxonasi.
Klaster tizimi dunyodagi bir qança yirik davlatlarda öz samarasini körsatgan. Masalan, Fransiya va Niderlandiya qişloq xöjaligida klaster tizimi qöllaniladi.
Bugun biz töqimaçilik sohasida dunyodagi eng nufuzli «Gerse» töqimaçilik taşkiloti bilan uçraşuv ötkazdik. Ular Özbekistondagi klaster tizimini unikal sifatida baholadi. Ya'ni, töqimaçilik korxonalari paxta yetiştirişga aralaşib, bevosita şundan manfaat körişi bu – unikal.
«Fermer endilikda hosil miqdorini oşiriş orqali daromadini oşirişi kerak»
2020 yildan boşlab paxta xomaşyosi işlab çiqariş va majburiy sotiş rejasi, uning narxini davlat tomonidan belgilaş amaliyoti bekor qilinadi. Şuningdek, davlatga majburiy ğalla sotiş hajmi 25 foizga kamaytirilişi belgilangan.
Xöş, bu yangi tizimda şartnoma bandlari qanday tuziladi? Narxni erkin belgilaş tizimi qanday yölga qöyiladi?
– Biz ham fermerlarning daromadini oşiriş tarafdorimiz. Bu tizimda bizning töqimaçilik sanoati korxonalarimiz bir kunda boyib ketişi şart emas.
Biz töqimaçilikdan kelayotgan daromadni pastga, fermerlarga yetkazib borişimiz kerak.
Töğri, biz narxlarni oşirdik, lekin fermer endilikda hosil miqdorini oşiriş orqali ham daromadini oşirişi kerak.
Davlat buyurtmasini yöq qilişning bir omili uning narxga aralaşuvini yöq qiliş.
Hozir şunday kelişuv ustida işlanyaptiki, unga köra, xarajatlarga qarab narx şakllantiriladi. Bu fermer tomonidan şakllantiriladi. Albatta, bunda xalqaro bozorda şakllanayotgan narxlar ham inobatga olinadi.
Bunda fermer, deylik, Amerikadagi narxga qarab intiladi.
Töqimaçilik korxonalarimiz hozir ham pul, ham texnika-texnologiya körinişida qişloq xöjaligiga investitsiya kiritmoqda. Bu sarmoyalardan yutadigan – fermerdir. Çunki kiritilayotgan sarmoyadan hosil oşib boradi.
Avvallari fermerlarga paxta uçun gektariga 30 sentner reja qöyilardi. Hozir esa biz fermerlarga 40-50 sentner aytyapmiz. Şunga yaraşa fermerlar ham öziga yangi talablar qöyişi kerak.
«Agar fermer kafolatlangan miqdorda paxta yetkazib beraman, desa, ularga heç qanday e'tirozimiz yöq»
Jahon tajribasida klasterlar fermerlarning ixtiyoriylik asosida birlaşuvidan yuzaga keladi. Nega bu tizim Özbekistonning ayrim hududlarida fermer xöjaliklarini majburiy tugatib yuboriş va klasterlarga majburiy birlaştiriş orqali joriy etildi?
Bu bosqiçma-bosqiç bölişi kerak emasmidi?
«Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi rahbari savolga javob berar ekan, bizning fikrimizga qöşilmasligini ta'kidladi. Uning aytişiça, yaxşi işlab kelayotgan fermer xöjaligini tugatiş tasavvur ham qilib bölmaydigan iş.
– Töqimaçilik korxonalarining asosiy işi – töqimaçilikdan daromad topiş. Bu borada bizda ayrim paytlarda uziliş paydo böldi. Ya'ni bizda kerakli paytda kerakli sifatdagi xomaşyo topişda qörquv paydo bölgan.
Agar fermer sizga kafolatlangan miqdorda paxta yetkazib beraman, desa, biz tomonimizdan ularning faoliyatiga heç qanday e'tiroz bölmaydi.
– Masalan, Quyi Çirçiq tumanida hozir fermer xöjaliklari deyarli saqlab qolinmadi.
– Quyi Çirçiq tumanini istisno tariqasida körişingiz mumkin. Yillar davomida bu tumanda paxtaçilikda biror yutuq va yuqori hosildorlik bölmagan.
Biz tomonimizdan juda katta tuşuntiriş işlari olib borildi, fermerlar bilan gaplaşildi.
Ularga aytdikki, sizlarga hosildorligida kafolati bölmagan fermerlikdan kafolatlangan oylikli tizim ma'qul emasmi, deb.
Klaster tizimi şundan keyin, bosqiçma-bosqiç joriy qilindi.
Men sizga fermerlarimiz yaxşi işlab kelgan boşqa tumanlarimizni aytişim mumkin. Samarqand viloyatining Narpay tumanida hisob-kitobni biladigan yaxşi fermerlar bizga aytganki, sizdan heç narsa kerak emas, vaqtida pulimizni tölasangiz böldi, deb.
Bunday misollarni yana Xorazmning Xiva, Xonqa tumanlari misolida ham keltiriş mumkin.
Bu fermerlarga vaqtida ta'minot yetkizilişi va terilgan mahsulotini sotib oliş kerak.
«Işlab çiqariş muddati uzaygani fermerga pul tölolmaslikning uzri bölolmaydi»
2019 yilda ayrim klasterlar fermer xöjaliklariga olingan hosil uçun tölovni amalga oşirolmadi. Bu kabi holatlarda fermerlarning klasterga nisbatan işonçi yöqolmaydimi?
– Qişloq xöjaligida moliyalaştiriş masalasi ma'lum vaqt talab qiladigan tizim. Masalan, mart oyida yerga qadalgan çigitni mahsuloti kuzga kelib yetiştiriladi va 5-6 oy mobaynida tolaga ötkaziladi. Tayyor tola töqimaçilik mahsulotlariga ötkaziladi va öşandagina oxirgi tölov ötadi.
Bu tizimda işlab çiqariş muddati uzaymoqda. Lekin bu narsa heç qaçon fermerga pul tölolmaslikning uzri deb qabul qilinmasligi kerak.
Fermer yetiştirgan mahsuloti uçun öz vaqtida pulini qabul qilişi kerak.
Men yuqorida aytdim: fermer mahsulotni yetiştirib beradi, klaster uning pulini yetkazib beradi. Bu yerda ikkovining ham majburiyatlari va huquqlari bor.
Siz hosil uçun pullar vaqtida tölanmagani haqida gapiryapsiz. Bu juda töğri. Bizda yaxşi bir ibora bor: mehnat qilgan kişiga uning peşona teri qurimasdan haqini tölaş kerak.
Afsus bilan aytişim mumkinki, qandaydir istisno holatlari ham uçrayapti.
Men işonç bilan ayta olamanki, mart oyiga kelib fermerlar oldidagi qarzdorliklar töliq uzildi. Tizimning haq-nohaqligi bunga qarab şakllanmasligi kerak.
Paxtani yetiştirmagan fermerning qarzdorligini klaster tölab berişi kabi holatlar ham bölişi mumkin. Masalan, 80 mlrd.gaça bölgan qarzdorlikni klaster özini mablağidan tölab berişiga töğri keldi.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.