Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus tarqalişining oldini olişga qaratilgan yangi çoralar haqida e'lon qildi. Instruksiyada xorijdan qaytib kelganlar birinçi navbatda nimalar qilişi va qanday holatlarda özini izolyatsiya qilişi zarurligi körsatilgan.

Bu çoralar şaharda koronavirus tarqalişi xavfi sabab yuqori şaylik rejimi joriy etilgani bilan boğliq. Köriladigan çoralar röyxati Moskva meriyasi saytida joylaştirilgan.

Farmonda körsatilişiça, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya, Germaniya va Ispaniyaga borib qaytgan fuqarolar avtomatik ravişda 14 kun davomida özlarini uy şaroitida mustaqil izolyatsiya qilişi kerak — ular işga, öqişga va jamoat joylariga borişdan tiyilişlari lozim.

Koronavirus tarqalgan boşqa davlatlardan qaytib kelganlar ham bu haqda hukumatni xabardor qilişi kerak. Bunday fuqarolar Rossiyaga qaytib kelganliklari haqida xabar berişi va özlarining telefon raqamlarini qoldirişlari lozim. 

Agar «ilk respirator simptomlar» kuzatilsa, şifokorga boriş kerak emas, balki uyda turib tibbiy yordamga murojaat qiliş zarur böladi. Agar şifokor izolyatsiya rejimi tayinlasa, unga amal qiliş kerak.

Şuningdek, iş beruvçilarga öz xodimlarining tana haroratini iş joyida ölçaş, kimda yuqori harorat aniqlansa, işdan çetlatiş çorasini köriş majburiyati yuklangan. Iş beruvçi zarur holatda xodimlariga uy şaroitida mustaqil izolyatsiya rejimini ta'minlaşga yordam körsatadi.

Şu bilan birgalikda, Sobyaninning farmoni matnida, körsatmalarga amal qilmaydigan fuqarolar va iş beruvçilar qanday javobgarlikka tortilişi borasida aniqlik kiritilmagan, şuningdek, uşbu farmon e'lon qilinişidan avvalroq infeksiya öçoqlaridan qaytganlar qanday bunga rioya qilişlari kerakligi ham eslab ötilmagan

Sergey Sobyaninning saytida yozilişiça, Moskvada ayni vaqtda umumiy vaziyat nisbatan tinç.

Moskva, Qizil maydon / AFP/GETTY IMAGES

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida esa Meçnikov nomidagi davlat şimoli-ğarbiy tibbiyot universitetining 700 nafardan ortiq talabasi karantinga olindi. Bunga italiyalik talabada koronavirus kuzatilgani sabab bölgan.

Italiyalik talabaning harorati kötarilgaç, tezkor çoralar körilgan va u Botkin nomidagi kasalxonaga joylaştirilgan.