Xitoydagi Pekin universiteti, Şanxay Paster instituti va Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari Uhan şahrida paydo bölgan va qisqa muddatda dunyoga yoyilgan koronavirusning (Covid-19) S-cov va L-cov deb nomlangan ikkita bir-biridan farqli mutatsiyasi mavjud ekanini aniqlaşdi.

Pekin universiteti va Xitoy Fanlar akademiyasida işlaydigan olimlar tomonidan örganila boşlangan koronavirus mutatsiyaga uçragani ma'lum qilindi. National Science Review jurnalida çop etilgan tadqiqotda koronavirus mutatsiyaga uçragani va ikkiga bölingani hamda bu mutatsiyalar S va L deb nomlangani aytilgan.

Koronavirusning birinçi tarqalgan turiga yaqin bölgan va kam yuqumlilik xususiyatiga ega bölgan S-cov’dan farqli ölaroq, virusning ikkinçi turi L-cov yuqori darajadagi yuqumlilik xususiyatiga ega bölib, nafas oliş tizimiga köproq zarar keltirişi ma'lum qilindi.

Virusni yuqtirganlarning 30 foizida S-cov, 70 foizida esa L-cov kuzatilgan. Koronavirusning uçinçi mutatsiyaga uçraş ehtimoli ham yöq emas.

  • Sönggi ma'lumotlarga köra, butun dunyoda jami 85 mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 97 942 nafarni taşkil etmoqda, 3383 kişi virus qurboni bölgan, 55 185 kişi soğayib ketgan.
  • 5 mart ma'lumotiga köra, Eronda 3513 kişida virus aniqlangan, 107 kişi olamdan ötgan.