Nihoyat, yuz berdi! Yer kurrasi quruqligining oltidan bir qismida ötkazilgan, moddiy va nomoddiy boyliklarning deyarli barçasini qamrab olgan, 100 yil davom etgan tajriba yakuniga yetib, mana endi Özbekistonda ham uning oxirgi meroslaridan biri bölmiş davlat rejasi bilan yuritiladigan qişloq xöjaligi ötmişda qolyapti — Özbekiston hukumati bozor tamoyillariga töğri kelmaydigan, ammo hanuz saqlanib kelayotgan holatga barham berişga qaror qildi. Prezidentning siyosiy irodasi aniq yangradi — biz bu eskilik sarqitidan voz keçamiz.

«Islohot — nima u?»

«Islohot» — oddiy tuşunça emas. Hamma gap uning asosiy maqsadiga, islohotçining nimani közlayotganiga boğliq. Agar islohot natijasi ölaroq közga faqat xayoliy megaindustriya manzaralari va kelajak megapolislarining şarpasi taşlanaversa, unda «mayda» narsa — Insonni nazardan qoçirib qöyiş mumkin. Aslida, özgaça kelajakni aynan inson öz qöllari bilan barpo qiladi. Agar islohotda bu hisobga olinmasa, u xayolot mahsulidan boşqa narsa emas.

Bu alfozda islohotning asosiy şarti — insonlarni katta işlarga ruhlantiriş omili bir çetda qolib ketadi.

Adolatga bölgan işonçni tiriltiriş

Agarda biz özbek qişloqlarini çaroğon va farovon maskanlarga aylantirmoqçi bölsak, unda avvalo qişloq ahlining qalbida adolatga bölgan işonçni jonlantirişimiz lozim böladi. Çunki aynan adolatga işonç — odamlarda kelajakka nisbatan umid uyğotadi, özaro işonç va bunyodkorlik, hamkorlik muhitini yuzaga keltiradi.

Tasavvur eting-a, sizga muttasil adolatsizlik qilinmoqda, bu holda qalbingizda şijoat barq uradimi? Özbek qişloği hozir aynan şunday holatda — bir paytlar uning moddiy va qaysidir jihatdan hatto ma'naviy tayançi bölmiş narsasi — yerini tortib olişgan edi.

«Sekin işga tuşuvçi mina»

Özbek qişloqlari — muhiti, tartib-negizi özgaça bölgan, şaharlardan farq qiladigan maskan. Bir neça tafsilotlar borki, ular yer islohoti amalga oşirilayotganda hisobga olinmasa, qişloqlardagi vaziyat ma'nan oğir ahvolga kelib qoladi.

Xöş, bular qanday tafsilotlar?

Yerlarimiz ommaviy mulkka aylanganiga 100 yil böldi — özbek dehqoni yer unga erkin foydalaniş uçun berilişini bir asr kutdi. Şuning uçun endigi islohotdan keyin yerlar kam sonli «tanlangan» odamlarga tegsa, şu yerda işlaşni istaydigan köpçilik yana «quruq qolsa» — adolatsizlik yuz beradi. Zero, qişloq ahli aslo öşa kam sonli kişilar — amaldagi fermerlarni yerlarning asl egasi deb qaramaydi va islohot natijasida undaylarning yuzlab gektar maydonlarning erkin foydalanuvçisiga aylanib qolişini adolatsizlik ölaroq qabul qiladi. Davlat rejasi amalda bölgan vaqtlarda ma'naviy muammo yöq edi, «fermerlar mahsulotni davlatga topşirişadi», degan tuyğu ğolib edi. Ammo davlat rejasi bekor qilingandan söng holat özgaradi — «ijtimoiy adolat qaror topmadi», degan fikr ğolib keladi.