2020 yilning 22 fevral kuni taxminan soat 21:00larda 30 yoşli B.K. Yangiyer şahri Alişer Navoiy köçasida özaro janjal oqibatida 42 yoşli A.T.ning qorin qismiga temir qayçi bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, natijada A.T. şifoxonaga yotqizilgan. Sudga oid ekspertizaning 28.02.2020 yilgi xulosasiga köra, A.T. “oğir” tan jarohatlari olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyer şahri IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan va B.K. protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
















