Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etiş töğrisida»gi Farmonini imzoladi. Prezident matbuot xizmati tomonidan mazkur farmonga şarh berilgan.

«Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan ayrim mahkuma ayollarni afv etiş yuzasidan bildirilgan taşabbusi doirasida Prezident huzuridagi Afv etiş masalalari böyiça komissiya, boşqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat işçi guruh taşkil etilib, bevosita joylarga çiqqan holda mahkuma ayollarning şaxsini örganiş va ular bilan yakka tartibda suhbatlar ötkazilişi ta'minlandi.

Ötkazilgan tadbir yakuni böyiça Komissiyaning adaşib, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etiş haqidagi taklifi davlatimiz rahbari tomonidan ma'qullanib, «Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etiş töğrisida»gi Farmon imzolandi.

Farmonga muvofiq jazo muddatini ötayotgan 83 nafar ayollar afv etildi», deyiladi şarhda.

Afv etilgan ayollarning 12 nafari jazodan töliq ozod qilinadi, 29 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinadi, 17 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almaştiriladi.

Jami 58 nafar ayol jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilinmoqda. Şuningdek, 25 nafar mahkuma ayolga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 7 nafarini çet el fuqarolari taşkil etadi.

«Bu voqea yurtimizda xalqimizga xos ayolni e'zozlaş, ayolga ehtirom körsatiş, bağrikenglik, mehr-şafqat, insonparvarlik va keçirimli böliş kabi ezgu fazilatlarning namoyon bölganligining amaliy ifodasidir.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan ayollarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi», deyiladi xabarda.