Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining uch shahzodasi davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi
Shahzodalar Ahmad bin Abdul Aziz, Muhammad bin Naif va uning ukasi Navvof bin Naif o‘lim jazosiga yoki bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saudning ukasi va ikki jiyani davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi. Livanning Al-Akhbar gazetasi xabar berishicha, shahzodalar Ahmad bin Abdul Aziz, Muhammad bin Naif va uning ukasi Navvof bin Naif o‘lim jazosiga yoki bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Nashrning yozishicha, ular qirollik saroyi qo‘riqlash xizmati tomonidan ushlangan, ularning uylarida tintuv o‘tkazilgan.
"Qirolning ukasi Ahmad va shahzodalar Muhammad hamda Navvofning qayerda ekanligi noma'lum", - deb yozadi Al-Akhbar.
Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi rahbarligidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha oliy qo‘mita 2017 yil noyabrda Ar-Riyodda qirollik oilasining o‘nlab a'zolari, davlat xizmatchilari va tadbirkorlarni moliyaviy va lavozimiy jinoyatlarda ayblab hibsga olgandi. Ayblanuvchilarning deyarli barchasi yetkazilgan zararni qoplash uchun o‘z aktivlarining bir qismini davlatga berishga rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026