Hozirça koronavirus tarqalişining oldini olişda yordam beruvçi va odamlarni undan himoyalovçi vaksina yaratilmadi. Insoniyat qaçon bunday vaksinaga ega böladi?
Koronavirus: Mavjud vaziyat va kelajak taxminlari
Koronavirusga qarşi vaksina qaçon paydo böladi?
Olimlar hozirga qadar vaksinaning bir neça turini işlab çiqişdi va ularning samaradorligini jonivorlarda sinab körişmoqda. Agar testlar natijalari muvaffaqiyatli bölsa, keyingi bosqiç - şu yildayoq odamlarda sinab köriş boşlanişi mumkin.
Ammo olimlar işçi vaksinani yangi yilga qadar işlab çiqişsa ham, uni ommaviy ravişda işlab çiqariş boşlanişi uçun köp vaqt talab etiladi.

Agar vaziyatga real qaralsa, samarali vaksina paydo bölişini 2021 yil örtalaridan oldinroq kutmaslik kerak.
Davlatlar vaksinani qisqa muddatda işlab çiqişga harakat qilişmoqda. Lekin uni tayyorlaş uçun yangi uslublar qöllanmoqda va hozirdan barçasi kutilganidek bölişiga kafolat berib bölmaydi.
Qayd etiş kerakki, ayni paytda odamlar orasida koronavirusning 4 turi mavjud va ularning birortasiga qarşi vaksina yöq.
Koronavirus katta şaharlarda: Undan qoçiş mumkinmi?
Vaksina hammaga yordam beradimi?
Afsuski, vaksina keksa yoşdagi kişilar uçun nisbatan samarasiz bölişi mumkin. Gap vaksinada emas, balki yoşi katta bemorlarning immuniteti vaksinatsiyaga yetarli darajada sezgirlik bilan javob qaytarmasligida. Buni har yili odamlar grippga qarşi emlanganida kuzatiş mumkin.
Bundan taşqari, barça dori-darmonlar qöşimça ta'sirga ega, hatto paratsetamol ham. Ammo klinik sinov ötkazmasdan turib tajribaviy vaksinalarning ikkinçi darajali ta'siri haqida biror nima deyiş qiyin.















