Ozarboyjonda koronavirus taraqalishi xavfi sababli o‘quv muassasalari 27 martgacha yopiq bo‘ladi.

"Vazirlar mahkamasi farmoyishiga ko‘ra, mamlakatdagi barcha o‘quv muassasalarida o‘qish, o‘quv-tarbiya jarayoni va ular bilan bog‘liq barcha tadbirlar 27 martga qadar to‘xtatib turiladi", - deb xabar berdi respublika vazirlar mahkamasi huzuridagi virusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab.

Avvalroq Ozarboyjondagi o‘quv muassasalari mamlakatda koronavirus tarqalayotganligi sababli 9 martga qadar dezinfeksiya uchun yopilishi xabar qilingandi.

Mamlakatda to‘qqiz nafar insonda koronavirus aniqlangan. Ulardan bir nafari Rossiya fuqarosi.