Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda karantindagi mehmonxona qulab tushdi: 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar xarobalar ostida
Xitoyda Futszyan provinsiyasining Tsyuanchjou shahridagi mehmonxona qulab tushishi oqibatida 70dan ortiq kishi xarobalar ostida qoldi. Besh qavatli mehmonxonadan koronavirusdan zararlanganlar bilan aloqada bo‘lgan odamlarni karantin holatida saqlash uchun foydalanilayotgandi.

Qutqaruvchilar xaroba ostidan odamlarni chiqarishmoqda / AFP/GETTY
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 10 kishi halok bo‘lgani tasdiqlangan va yana o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan.
Ushbu besh qavatli binoda halokatdan oldin 71 kishi bo‘lgan, ulardan 58 nafari - virus yuqtirgani gumonlangan kishilar bo‘lgan.
O‘nlab kishilar xarobalar ostidan olib chiqilgan. Qutqaruvchilar ayni vaqtda yana omon qolganlarni qidirishmoqda.

Mehmonxona 2018 yilda qurilgan, unda mijozlar uchun 80 xona mavjud edi. Hozircha mahalliy vaqt bilan 7 mart kuni 19:30da (Toshkent vaqti bilan soat 21:30) ro‘y bergan hodisa sababi ma'lum emas.
Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, yanvar oyida ushbu binoning birinchi qavatida ta'mirlash ishlari olib borilgandi, hozirda politsiya mehmonxona rahbarlarini so‘roq qilmoqda.
Beijing News nashri ushbu mehmonxonada qarindoshlari turgan ayolning so‘zlarini keltirgan: «Men ular bilan bog‘lana olmadim, ular qo‘ng‘iroqlarga javob berishmadi. Mening o‘zim ham karantindaman [boshqa mehmonxona] va juda xavotirlanyapman. Nima qilishni ham bilmayman. Ular sog‘lom edi, har kuni haroratlarini o‘lchashayotgandi va testlar barchasi normal holatdaligini ko‘rsatayotgandi».



Futszyan provinsiyasida koronavirusdan zararlangan 296 kishi aniqlangan, 11 mingdan ortiq kishi bemorlar bilan aloqada bo‘lgani tufayli tibbiy kuzatuvga olingan. Uhandan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgan Tsyuanchjou shahrida 47 kishida virus aniqlangan.
- JSSTning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan zararlanganlar soni 106 203 nafarga yetgan, shundan 26 mingga yaqin holat Xitoydan tashqarida qayd etilgan. Jami 3600 kishi virus qurboni bo‘lgan, shundan 3097 kishi - Xitoyda. 60 190 kishi tuzalib ketgan.
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

00:30 / 09.06.2025