Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi
AQSh 9 mart kuni “Tolibon” harakati bilan avval erishgan kelishuvi doirasida Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi.
Bu haqda AQShning Afg‘onistondagi qurolli kuchlari (USFOR-A) rasmiy vakili polkovnik Sonni Leggett ma'lum qildi.
“AQSh-Afg‘oniston kelishuviga ko‘ra, USFOR-A qo‘mondonligi o‘z qo‘shinlari sonini 135 kun ichida 8,6 ming harbiyga qisqartirishni boshladi”, deb ma'lum qilgan Leggett.
U AQSh qurolli kuchlari IShID va “Al-Qoida” terrorchilik guruhlariga qarshi aksilterrorchilik amaliyotlarini davom ettirishi va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga ko‘mak ko‘rsatishini aytgan.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda AQSh va NATOning 13 mingga yaqin harbiysi joylashgan. 8 mingga yaqin amerikalik harbiy NATOning Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini tayyorlash bo‘yicha “Qat'iy ko‘mak” (Resolute Support) missiyasida, qolgani esa aksilterrorchilik amaliyotlarida ishtirok etib kelmoqda.
AQSh harbiylarining Afg‘onistondan asta-sekin olib chiqilishi 29 fevralda AQSh va “Tolibon” o‘rtasida imzolangan kelishuvda o‘z aksini topgan. “Tolibon” amerikalik harbiylarning olib chiqilishi evaziga terrorchilar bilan kurashish va Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralarini boshlash kafolatini berishi lozim. Agar toliblar o‘ziga qo‘yilgan majburiyatlarni bajarsa, AQSh 14 oy ichida o‘z va ittifoqdosh davlatlar qo‘shinlarini olib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026