Quyida taklif qilinayotgan turli usullarni sanab ötamiz va ularning samaradorligini mutaxassislar bilan örganib çiqamiz.
1. Sarimsoq
Ijtimoiy tarmoqlarning köplab foydalanuvçilari infeksiyaning oldini oliş uçun sarimsoq yeyişni maslahat berişmoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) sarimsoqni ba'zi bir mikroblarga qarşi xususiyatlarga ega soğlom oziq-ovqat sifatida tan oladi, ammo uning yangi koronavirusdan himoya qilişiga oid heç qanday dalil yöq.
Sarimsoqning özi xavfli emas — hozirgi kungaça uni şifokorlar tavsiyasiga binoan insonlar tomonidan davo çorasi sifatida tanovul qilinadi.
Ammo kimdir şu yoki boşqa «xalqona» tibbiyot profilaktikasini qolgan barça usullarga nisbatan afzal körsa va malakali mutaxassislarning tavsiyalariga e'tiborsizlik qilsa, bu soğliq uçun xavfli bölişi mumkin. Sabzavot va mevalar salomatlik uçun foydalidir, ammo yangi virus infeksiyasining oldini olişga qodir emas.
Sarimsoqni köp miqdorda iste'mol qiliş öz-özidan muammolarga olib kelişi mumkin. Masalan, The South China Morning Post gazetasi bir yarim kilogramm sarimsoq iste'molidan keyin tomoq oğriği bilan kasalxonaga tuşgan ayol haqida xabar berdi.
2. «Sehrli qöşimçalar»
YouTube’dagi maşhur bloger Jordan Sazer «möjizaviy mineral qöşimçalar»ning (MMS — «miracle mineral supplement») koronavirusdan himoya qilişiga da'vo qilmoqda.
Uşbu qöşimçada xlor dioksidi mavjud. Sazer, boşqa ba'zi inflyuyenserlar singari, «möjizaviy dorini» yangi koronavirus keltirib çiqaradigan kasallik tarqalişidan oldin ham reklama qilgan. Yanvar oyidayoq u tvitterda şunday yozgan: «Xlor dioksidi (MMS) saraton hujayralarini öldirişda samarali vositadir, ammo u koronavirus infeksiyasining oldini olişga ham yordam beradi».
Would you look at that.
— Jordan Sather (@Jordan_Sather_) January 23, 2020
Not only is chlorine dioxide (aka “MMS”) an effective cancer cell killer, it can wipe out coronavirus too.
No wonder YouTube has been censoring basically every single video where I discuss it over the last year.
Big Pharma wans you ignorant. https://t.co/7cqmyUxcXY



















