Yakunlangan haftaning sönggi uç kuni davomida Superliga 2-tur bahslari ötkazildi. Mamlakatimizning yettita stadionida keçgan uçraşuvlar yakunida Tribuna.uz sayti tur sarhisobini taqdim etadi.
Tur öyini: «Navbahor» - «Lokomotiv»

1-turda «Paxtakor»ga qarşi öyindagi tortişuvli vaziyatlardan keyin 2-turdagi «Navbahor» - «Lokomotiv» bahsi tur uçraşuviga aylanişi aniq edi. Namangandagi oçiliş marosimiga ulangan töqnaşuv kutilgan şiddat va ayniqsa ajoyib futbol atmosferasini taqdim etdi. Muxlislar bilan tölib-toşgan arenadagi öyinda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quçib, Namangan ahliga alamli mağlubiyatdan keyin quvonç hadya etişdi.
Tur qahramoni: Dragan Çeran

Ötgan mavsum Superligada eng yaxşi bölgan «Paxtakor» goleadori Dragan Çeran töpurarlik sari yurişni ikkinçi öyindan boşladi. Serbiyalik 32 yoşli hujumçi «Buxoro»ga qarşi oson keçmagan bahsda amaldagi çempion jamoa joniga oro böldi. 65 daqiqa davomida buxoroliklar darvozasini işğol eta olmagan Çeran, keyingi 20 daqiqa (65, 81, 85) davomida het-trik qayd etdi. Bu esa uning tur qahramoni sifatida e'tirof etilişiga zamin hozirladi.
Tur muxlislari: Namanganda yana mavsum rekordimi?

Superliga-2019da muxlislar taşrifi borasida rekord qayd etilgan bahs Namanganda ötib, «Navbahor» - «Söğdiyona» uçraşuvida 25 727 tomoşabin taşrif buyurgandi. Bu safar ham mavsum rekordini Namangan özida saqlab qolsa ajabmas. Zero, bu yilgi oçiliş marosimida ham «Navbahor» - «Lokomotiv» (2:0) öyinida 25 328 tomoşabin taşrif buyurdi.
«Markaziy» stadiondagi anşlagda namanganlik muxlislar jamoa bilan birga öyindan keyin “islandça qarsak”ni islandiyalik işqibozlar ham havas qiladigan darajada körsata olişdi. Butun öyingohning bunday qöllab-quvvatlaşi ijtimoiy tarmoqlar, OAVda ham faqat qarsaklarga sabab böldi. Şunçaki “super”.
Tur fakti: 5 kun içida ikki klubga rahbar bölgan Hasan Röziyev
Superliga 1-turi doirasida 1 mart kuni ötkazilgan «Surxon» - «Bunyodkor» (1:3) uçraşuvida Termiz klubi direktori sifatida qaydnomadan örin olgan sobiq hakam Hasan Röziyev, 5 mart kuni Navoiyning «Qizilqum» klubi prezidenti lavozimida iş boşladi. Qiziği, 7 mart kuni «Qizilqum» - «Surxon» öyinida yangi klubini sobiq jamoasiga qarşi ruhlantirgan Röziyevning rahbar sifatidagi ikkinçi debyuti ham omadli çiqmadi.























