Neftga talabning pasayişi koronavirus infeksiyasining tarqalişi fonida qayd etilmoqda. Kuni keça OPEK+ davlatlari Vena şahrida bölib ötgan muzokaralarda neft qazib olişni qöşimça qisqartiriş töğrisida kelişa olmadilar.
Brent markali neft narxi 31,5 dollargaça tuşib ketdi. 9 mart kuni yevro kursi 84 rublga, AQŞ dollari esa 73 rublga kötarildi.
Buning ortidan tenge qiymati ham tuşdi. Nur-Sultonda 9 mart kuni oçilgan valuta almaştiriş punktlarida dollar 391-395 tengedan sotilmoqda. Dam oliş kunlari dollar kursi 382,05 tengeni taşkil etgandi, ya'ni farq 13 tenge.
Tabiiy savol tuğiladi. Bularning barçasi Özbekiston iqtisodiyotiga qanday ta'sir qiladi?
Iqtisodiy rivojlaniş markazi direktori, taniqli iqtisodçi Yuliy Yusupov Kun.uz’ga bergan intervyusida neft narxining pasayişi, avvalo, Rossiya rublining qadrsizlanişiga olib kelişini aytdi.
«Qozoq tengesi kursi ham tuşib ketişi ehtimoli bor. Rossiya va Qozoğiston Özbekistonning eng yirik xaridorlaridir, şuningdek, ular özbekistonlik taşqi mehnat muhojirlaridan mablağ keladigan mamlakatlar hisoblanadi», - dedi u.
Yuliy Yusupovning fikriça, «agar neft narxi, rubl va tenge kurslarining pasayişi sezilarli va uzoq vaqt davom etsa, eksport va mehnat muhojirlaridan tuşadigan valuta tuşumi kamayadi».
«Agar mamlakatda valuta kam bölsa, söm kursi tuşa boşlaydi (dollar narxi esa kötariladi). Ya'ni agar neft narxining pasayişi "jiddiy va uzoq vaqt" davom etsa, sömning devalvatsiyasi muqarrardir», - deya xulosa qildi iqtisodçi.
Eslatib ötamiz, bugun, 9 mart kuni, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 10 martdan amal qiladigan yangi valuta kurslarini belgiladi. Yuqorida keltirilgan barça dalillarga qaramay, AQŞ dollari 13,30 sömga arzonlaşib, 9500,54 sömni taşkil etdi.
Umuman olganda, dollarning sömga nisbatan qiymati ketma-ket bir neça hafta davomida tuşmoqda.
Rossiya davlat dumasining iqtisodiy siyosat böyiça qömitasi raisining birinçi örinbosari Vladimir Gutenev köpi bilan ikki hafta ötgaç, rubl kursi dollarga nisbatan 66-67 rubl atrofida barqarorlaşişi mumkinligini taxmin qildi

















