Respublika şoşilinç tez yordam ilmiy markazi Andijon filialida şifokorlarga piçoq bilan tajovuz qilgan fuqaroga jinoiy iş oçildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda şifokorlarga piçoq bilan tajovuz qilingani aks ettgan videolavha tarqalgan edi. Uşbu holat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan örganilib, quyidagilarni ma'lum qiladi.

Joriy yil 29 fevral kuni soat 22:31da Andijon şahridagi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining Travmatologiya bölimi qabulxonasiga 2001 yilda tuğilgan M.F. ismli ayol bemor yuz-közidan jarohat olib murojaat qilgan. Bemor şifokorlar körigidan ötayotganda turmuş örtoği tomonidan kaltaklanganini aytgan.

Örnatilgan tartibga köra, özgalar tomonidan jarohat olgan holat mavjud bölsa, tibbiyot xodimi huquqni muhofaza qiliş organlariga tezkor xabar berişi şart. Aks holda jinoyat yaşirganlik holati bilan javobgarlik tortilişi mumkin. Şunga muvofiq, şifokor T. U. zudlik bilan mazkur holat yuzasidan Içki işlar bölimiga xabar beradi.

Xabar berilganidan norozi bölgan bemor ayolning egizak ukasi M.X. e'tiroz bildiradi. Şifokor unga örnatilgan tartibni tuşuntirgandan söng, bemorning ukasi şifokorni uyatli sözlar bilan haqorat qila boşlaydi. Şifokor unga sökinmasligini aytadi. Ular orasida tortişuv M.X.ning piçoq orqali şifokorga tajovuz tahdidi bilan davom etadi. Atrofdagi odamlar X.ni agressiv holatdan qaytarişga urinişadi. Ammo u harakatlarini davom ettirib, piçoqni şifokor tomonga otib yuboradi. Biroq uşbu piçoq atrofdagi boşqa şaxsga tegadi. Bemor yaqinlari va atrofdagi boşqa şaxslar tomonidan M.X. majburan tinçlantirilib, qabulxonadan olib çiqib ketiladi.

Eri tomonidan kaltaklangan ayol M.F. esa «Boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, Jağ suyaklari sinişi, yonoq, boş, yuz, qorin, oyoq va qöllar yumşoq töqimalari jarohati» taşxisi bilan mazkur filialning Neyroxirurgiya bölimida joriy yil 4 mart kuniga qadar davo muolajalarini oladi.

Yuqoridagi videoxabarda, guvohi bölganingizdek, yoş yigit agressiv harakatlar qilib, şifokorga piçoq öqtalgan, jarohat yetkazişga uringan, hattoki, piçoqni otib yuborgan. Uşbu holatda fuqaro nafaqat tibbiyot xodimlari, balki atrofdagi insonlarga ham zarar yetkazişi mumkinligini öylamagani açinarli. Nima bölganda ham, şifokorlarga tajovuz qilişga uringan fuqaro xatti-harakatlariga nisbatan huquqiy baho berilib, qonuniy çoralar körilişi lozim.

Uşbu vaziyat yuzasidan huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan jinoyat işi oçilib, örnatilgan tartibdi suriştiruv işlari olib borilmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi