Ma'lum bölişiça, boş rollarni turk aktyorlari ijro etadi. Özbek aktyorlari esa qöşimça epizodlarda köriniş beradi.
Asar nega turk ijodkorlari tomonidan işlanyapti, unda nima uçun özbek aktyorlari boş rolda emas, degan savollarga 10 mart kuni Madaniyat vazirligida bölib ötgan uçraşuvda serial boş maslahatçisi Boboxon Muhammad Şarif javob berdi.
Uning aytişiça, özbek aktyorlari orasida iste'dodlilari bor, «lekin hali kino sohamiz bunga tayyor emas».
Şuningdek, özbek kinosi «ba'zi sahna körinişlariga işlov berişda yetarli tajribaga ega emas».

Serial hujjatli film emas, balki badiiy film tarzida işlanadi.
«Avvalo, nima uçun bu film kerak bölib qoldi, degan savolga javob beriş zarur. Jaloliddin Manguberdi kim edi? Buni film qilişdan xalqqa nima beramiz?
Bu inson – butun jahonga maşhur şaxs. U vatanparvar. Çingizxon hukmdor böliş uçun kuraşgan bölsa, Jaloliddin vatanini himoya qiliş uçun kuraşgan.
130 yil davomida boşqinçilar zulmi ostida yaşaganmiz. Milliy ğururimiz toptalgan. Bu film orqali biz öşa vatanparvarlik ruhini qaytarmoqçimiz.
Film 26 qismdan iborat böladi. Biroq hozirça biz uning 13 qismini yaratiş böyiça işlar olib bormoqdamiz», – dedi Boboxon Muhammad Şarif.
Film Turkiyada işlanişi va suratga olinişi uçun jami 7 mln. dollar ajratilişi rejalaştirilgan.
Uçraşuvda, şuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham iştirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

«Albatta, bu işning ham öziga yaraşa mas'uliyati bor. Asosiy maqsad –nafaqat xalqimiz ongida, balki jahon hamjamiyatiga Sulton Jaloliddin Manguberdi qiyofasini namoyiş etiş.













