2020 yilning 4 mart kuni Qozoğiston Respublikasi fuqarosi, MÇJ rahbari, 38 yoşli A.B. Yangiyer şahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U 23 fevraldan 4 mart kunigaça bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxslar yuk vagonidan MÇJga tegişli umumiy qiymati 35 078 400 sömlik 19 tonna 500 kg buğdoy mahsulotini öğirlab ketganligini ma'lum qilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni 60 yoşli I.J., 43 yoşli V.E. va X.D. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Ğarazli maqsadlarni közlaganlar gumonlanuvçi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda uşlanganlar. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.