Çeklovlar 13 mart, juma kuni yarim tunda kuçga kiradi.

Kerakli tekşiruvlardan ötgan amerikaliklar uçun istisnolar mavjud.

«Bu taqiqlar nafaqat savdo va yuklarning sezilarli hajmiga, balki boşqa bir qator narsalarga ham ta'sir qiladi ... Biz AQŞga Yevropadan keladigan hamma narsani muhokama qilamiz», - dedi Tramp millatga murojaatida. Keyinçalik u tvitterda «Yevropadan kirişga qöyilgan 30 kunlik taqiq savdoga ta'sir qilmaydi», deb yozdi. Uning qöşimça qilişiça: «Taqiq tovarlarni emas, odamlarni töxtatadi».

AQŞ prezidentining fikriga köra, Yevroittifoq epidemiya haqida ogohlantirişning uddasidan çiqmadi, çunki AQŞdan farqli ölaroq, Xitoy bilan aloqani öz vaqtida töxtatmadi.

«Biz Xitoyga nisbatan qutqaruv çoralarini boşidayoq kördik, endi Yevropaga nisbatan xuddi şunday çoralarni körişga majburmiz. Biz zudlik bilan harakat qilamiz va fuqarolarimizning soğliği va xavfsizligini tegişli darajada ta'minlaş uçun barça çoralarni köramiz», - dedi prezident.

Şu bilan birga, u AQŞ Xitoy va Janubiy Koreyadagi vaziyatni kuzatayotganini ta'kidlab, uşbu mamlakatlarda koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyat yaxşilanar ekan, Vaşington amaldagi çeklovlarni qayta körib çiqişini tan oldi.

Bundan taşqari, Tramp kiçik korxonalar va aholining zaif qatlamini moliyaviy qöllab-quvvatlaş, şuningdek, koronavirusning mamlakat böylab tarqalişi munosabati bilan soliq imtiyozlari joriy etilişi mumkinligini e'lon qildi.

Öz navbatida, AQŞga kiriş böyiça ayrim istisno davlatlar ham borligi oydinlaşdi. Xususan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Bolgariya, Xorvatiya hamda Ruminiya röyxatda yöq. 

Jurnalistlarning aniqlaşiça, uşbu mamlakatlarda Donald Tramp oilasining golf maydonlari, mehmonxona va boşqa dam oliş maskanlari mavjud.

CNN ma'lumotlariga köra, AQŞda koronavirus bilan kasallanişning 1,2 mingtadan ortiq holati qayd etilgan, 37 kişi vafot etdi. AQŞdagi ştatlarning deyarli yarmi infeksiya tarqalişi fonida favqulodda holat e'lon qildi.