Hozirgi davrda, Özbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirişga alohida e'tibor berilmoqda va bu borada keng miqyosdagi turli tadbirlar taşkil etilmoqda. Gastronomik turizmni rivojlantiriş uçun esa soha mutaxassislari kerak. “Ipak yöli” turizm xalqaro universiteti ham yuqori malakali soha mutaxassislarini tayyorlaş maqsadida, xorijdan mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy darslarni taşkil qilmoqda.

«Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida Fransiyaning Parij Akademiyasi qoşidagi Jan Druan nomidagi Parij maktabi öqituvçilari Mişel Anri Artbro va Edi Rene Freytaglar amaliy darslarni boşlab yuborişdi. Fransiyalik mutaxassislar talabalarga amaliy dars jarayonida,  mahsulotlarga işlov beriş, tayyorlaş va tayyor taomni bezatişning texnologik jarayoni, taomlar retsepturasiga asosan işlatiladigan mahsulotlar me'yorini aniqlaş, kerakli jihozlar, asbob va uskunalarni tayyorlaş böyiça master-klass ötişdi.

Fransiyalik mutaxassislar birinçi amaliyot darsini boşlaşdan avval talabalarga texnika xavfsizligidan instruktaj ötkazişdi. Bundan taşqari, texnologik laboratoriyada işlaş paytida talabalarga doimiy ravişda şaxsiy va işlab çiqariş gigiyenasi qoidalariga rioya etiş lozimligini ta'kidlaşdi.

Fransiyalik mutaxassislar bilan talabalar retsepturaga asosan öquv kartasini töldiriş, unda berilgan har bir taomni tayyorlaş uçun işlatiladigan mahsulotlar miqdori, ularga birlamçi işlov beriş va yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlaş texnologiyalari böyiça ma'lumotlarni örganişdi. Har bir talaba mutaxassislarningamaliyot darslaridan keyin işni mustaqil ravişda bajardi. Taomlar tayyorlab bölingaç, brakeraj ötkazildi. Talabalar bezatilgan taomni va öquv kartasini fransiyalik mutaxassislarga namoyiş etişdi. Brakeraj paytida birinçi va ikkinçi taomlar muayyan haroratdan past bölmagan, salatlar va sovuq içimliklar haroratiga e'tibor berilgan holda tayyorlandi. Brakeraj paytida tayyor taomlarning taşqi körinişi, bezatilganligi, rangi, mahsulotlarni kesiş şakli, kesilgan bir xil mahsulot ölçamlarining tengligi, konsistensiyasi, ta'mi va xuşböyligi aniqlandi.

Sovuq taom va gazaklarni tayyorlaş, saqlaş texnologiyalari va ularni tarqatiş jarayonida sanitariya qoidalariga qat'iy rioya qilinişi, ularni tayyorlaşda işlatiladigan mahsulotlar tarqatişdan avval issiq işlovdan ötkazilmasligi, sovuq taom va gazaklarni bezatişda işlatiladigan sabzavotlar, kökatlar haqida ma'lumotlar berildi. Sovuq taom va gazaklarni tarqatişda ularning harorati, sovuq taom va gazaklar texnologiyasini özlaştiriş va bezatişni örganiş,sovuq taom va gazaklarning ozuqaviy ahamiyati, sovuq taom va gazaklarni tayyorlaş uçun asosiy va bezatuvçi mahsulotlar, sovuq taom va gazaklarni guruhlarga bölinişi va tavsifi, sabzavot va göştli salat texnologiyasini amalda bajarib köriş, dasturxonga uzatişdan oldin bezatiş usullari, tayyor mahsulotlar sifatiga bölgan talablar böyiça master-klasslar ötkazişdi.