Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jalolov, Mirzaxalilov va Abduraimovda oltin – O‘zbekiston Olimpiadaga 7 bokschi bilan boradi
Iordaniyaning Oman shahrida boks bo‘yicha lisenzion turnirning final janglari yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik bokschilardan uch nafari – Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov oltin medal uchun ringga ko‘tarilishdi.
Mirazizbek Mirzaxalilov (57 kg) mezbon bokschi – iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi bahs olib borib, 5:0 hisobida ustun keldi va musobaqaning g‘olibiga aylandi.
Elnur Abduraimov (63 kg) final jangini qozog‘istonlik Zokir Safiullinga qarshi o‘tkazib, keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan turnirning eng yorqin janglaridan birida 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Oltin medal uchun kechgan so‘nggi bahsda Bahodir Jalolov (+91 kg) avstraliyalik Yustis Xunini 5:0 hisobida mag‘lub etib, terma jamoaga 3-oltin medalni taqdim etdi.
Shu tariqa turnir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston boks terma jamoasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi, Tokio Olimpiadasi uchun esa 7ta yo‘llanmaga ega chiqdi. Bular – Mirazizbek Mirzaxalilov (oltin), Elnur Abduraimov (oltin), Bahodir Jalolov (oltin), Shahobiddin Zoirov (bronza), Bobousmon Baturov (bronza), Sanjar Tursunov (bronza) va Tursunoy Rahimova.
Mavzuga oid
19:51 / 03.09.2021
Yaponiya bosh vaziri iste'foga chiqadi. Sabablardan biri - Tokio Olimpiadasi
17:26 / 13.08.2021
Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va barcha ishtirokchilarga ham pul mukofoti beriladi
16:22 / 13.08.2021
Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganini aytdi
12:32 / 12.08.2021