Sönggi vaqtlarda özbekistonliklar örtasida sport öyinlariga pul tikuvçilar soni köpayişi ortidan köplab noxuş xabarlar tarqalmoqda. Biz bu kabi sport öyinlariga pul tikişning Islom dinidagi hukmi yuzasidan savol bilan Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bölimi xodimi Saidjamol Mirsayitovga yuzlandik.
“Alloh taolo Qur'oni karimda möminlar örtalaridagi mollarini özaro roziçilik bilan yeyişi kerakligini ta'kidlagan. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham insonlarni halol nasiba topişga buyuradi. Islom dinida har bir masala qatori bunda ham qoida berilgan. Agar bir tomon yutib ikkinçi taraf yutqizişi aniq bölsa yoxud köpçilik yutqizib, kamçilik yutadigan bölsa, bu qimor deb ataladi. Oyatlarga qaraladigan bölsa, qimor juda ham barvaqt harom qilingan, hattoki, sudxörlikdan ham avval harom bölgan.
Alloh taolo Qur'oni karimda qimor haqida şunday deb marhamat qilgan: “Albatta, şayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va nafrat solişni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan tösişni istaydir. Endi töxtarsizlar?!” (Moida surasi, 91-oyat)
Bu illatning oqibati şundayki, insonlar orasida nafratni kuçaytiradi; inson qarzga botib, yana boşqa jinoyatlarni qilişga moyilligi oşadi. Birovning moliga, joniga tajovuz qilişi holatlari uçraydi, hattoki qarzga botib öz joniga-da qasd qiliş kabi gunohlarga olib boradi. Bular – bu dunyoda böladigan xorlik, oxiratda esa azobi yanada qattiq böladi, toki Alloh harom qilgan amallarni bajargan kişi tavba qilmas ekan, gunohlari yuvilmaydi, şuningdek, öşa haromdan topilgan pullar egalariga qaytarilmas ekan, tavba qabul bölmaydi.
Ma'lumki, duo qabul bölişi şartlaridan biri – halol luqma hisoblanadi, qimordan topilgan pullar evaziga oilasiga olib borilgan taom ham, ust-boş ham halol bölmaydi. Payğambarimiz alayhissalom aytganlaridek, kiygani harom, yegani harom bölsa, uning duosi qanday qabul bölsin”, – deydi Saidjamol domla.

Bundan taşqari, Musulmonlar idorasi Fatvo bölimiga köra, bu kabi işlarni tarğib qilayotganlarning barçasi barobar gunohkor hisoblanadi.
“Bu kabi harom işlarni tarğib qilayotganlar: xoh OAV orqali, xoh ijtimoiy tarmoqlar yoki boşqa usulda bölsin – barçasining hukmi öşa işni qilayotganlar bilan bab-baravar böladi, ular kabi gunohkor hisoblanadi. Zero, Alloh gunoh va zulm yölida bir-biringiz bilan hamkorlik qilmanglar, deya insonlarni yomonlikdan qaytargan. Bu narsalarni tarğib qilayotganlar Allohdan qörqişsin.
















