Özbekiston musulmonlari idorasi rasmiy portalida koronavirus borasidagi fatvolar e'lon qilindi.

Koronavirus sababidan ölgan kişi şahidmi?

Al-Azhar xalqaro elektron fatvo markazining ta'kidlaşiça, koronavirus sababidan vafot etgan kişi şahid maqomida böladi va unga şahidlar ajri beriladi. Dunyo hukmlari borasida unga barça musulmon mayyitlarga tatbiq qilinadigan ğusl, kafanlaş, janoza namozi kabi hukmlar joriy qilinadi. Buning dalili Payğambar alayhissalomning quyidagi hadislari: “Şahidlar beşta: töun (ölat)dan ölgan, qorin oğriği (içki kasallik) bilan ölgan, çökib ölgan, tom bosib ölgan, Alloh yölida şahid bölgan kişilar”. Bir rivoyatda, töun (vabo)da ölgan şahiddir, deganlar.

Ana şulardan kelib çiqib koronavirusdan ölganlar ham töun (ölat) dan ölganlar qatorida hisoblanadi.

Koronavirusdan saqlaniş uçun taqilgan niqob bilan namoz öqişning hukmi

Islom tadqiqotlari markazi huzuridagi fatvo hay'ati musulmonlarga koronavirus tarqalişi yoki yuqişidan ehtiyot böliş sababli taqib oladigan niqoblarda namoz öqişni zarari yöqligini qayd etgan.

 Masjidlarda namoz öqişni töxtatişning hukmi

Misr fatvo uyi (Dorul ifto) Azhar şayxi va Misr vaqf vazirining yangi turdagi koronavirus tarqalişini oldini oliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar doirasida, ikki hafta mobaynida, respublikaning barça hududlarida jamoat va juma namozlarini ado etişni töxtatib, azon aytiş bilan kifoyalaniş qarorlarini ma'qullaşini e'lon qildi.

 Spirt bilan dezinfeksiya qilingan masjidda namoz öqişning hukmi

Azhar fatvo markazi: spirt – gidrooksid birikmasi bölgan uglerod va vodorod zarralaridan iborat ximiyaviy murakkab element.

 Ximiklarga köra har qanday spirt deb ataluvçi moddalar ham mast qiluvçi bölavermaydi. Mast qilmaydigan spirtning sifatlari mast qiladigani kabi bölmagani va özgariş sodir bölgani uçun u pok hisoblanadi. Şuning uçun u bilan badanni va turli yuzalarni dezinfeksiyalaş mumkin bölaveradi. Şu sababli badanga yoki namoz joyiga bunday spirt tekkandan söng namoz öqiş joiz.