“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi:
139-modda (Tuhmat):
birinçi qismining (Tuhmat qiliş, ya'ni bila turib boşqa şaxsni şarmanda qiladigan uydirmalar tarqatiş, şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi».
Amaldagi tahrirga köra, bazaviy hisoblaş miqdorining ikki yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi belgilangan.
Ikkinçi qism çiqarib taşlanadi (Naşr qiliş yoki boşqaça usulda köpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat qiliş).
Uçinçi qism ikkinçi qism deb hisoblanadi va quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Tuhmat:
a) oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab;
b) oğir oqibatlar kelib çiqişiga sabab bölgan holda;
v) xavfli retsidivist tomonidan;
g) ğarazgöylik yoki boşqa past niyatlarda qilinsa - bazaviy hisoblaş miqdorining ikki yuz baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatdan uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari bilan jazolanadi.».
Amaldagi tahrirga köra, bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilangan.
140-modda (Haqorat qiliş):
birinçi qismining (Haqorat qiliş, ya'ni şaxsning şa'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaş, başarti, şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilgandan keyin sodir etilgan bölsa) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

















