Fevral oyi oxirida koronavirus butun dunyo bo‘ylab keng tarqala boshlagach - Osiyoda (Xitoy, Janubiy Koreya va Eron), Yevropada (Italiya va qo‘shni davlatlar) minglab tomoshabinlar ishtirok etadigan sport turnirlarini o‘tkazish bo‘yicha shubhalar paydo bo‘la boshladi.

12 mart holatiga ko‘ra koronavirus ta'sir ko‘rsatgan sport tadbirlari ro‘yxatida yuzdan ortiq sahifa mavjud.

Ayni vaqtda quyidagi top-turnirlar bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda:

— Yevropa chempionati (17 mart kuni qaror chiqariladi)
— Hokkey bo‘yicha jahon chempionati (qaror — 15 mart kunidan keyin e'lon qilinadi)
— Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari
— Habib Nurmagomedov — Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang

Bekor qilingan/to‘xtatilgan/ko‘chirilgan

Futbol

Ronaldu 8 mart kuni Turindagi «Yuventus» — «Inter» bahsi oldidan o‘yinga kela olmagan muxlislarga hurmat ko‘rsatmoqda
Foto Reuters

Italiya chempionati 9 martdan 3 aprelgacha to‘xtatilgan.

«Yuventus» himoyachisi Daniele Rugani 11 mart kuni A Seriyada koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan ilk futbolchi bo‘ldi, turinliklar jamoasi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan «Inter» bilan birga karantinga ketdi.

«Yuventus»ning Daniyele Ruganidan tashqari yana bir futbolchisida - Paulo Dibalada virus aniqlangani haqida xabar tarqalgan, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmagan. «Sampdoriya» hujumchisi Manolo Gabbyadini topshirgan test natijalari ham ijobiy chiqqan.

Ispaniya chempionati 12 mart kunidan 2 hafta muddatga to‘xtatildi. Shu kuni «Real»ning basketbol jamoasi karantin holatiga o‘tkazildi.