“Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 1892-modda bilan töldiriladi:
“189-2-modda. Yolğon ma'lumotlar tarqatiş
Ommaviy axborot vositalarida, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida şuningdek, Internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib fuqarolarning hayoti va (yoki) soğliğiga, mulkka xavf tuğdiruvçi, jamoat tartibini ommaviy buzişga va (yoki) jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi, davlat organlarining, fuqarolar özini özi boşqariş organlarining, mulkçilik şaklidan qat'i nazar korxona, muassasa va taşkilotlarning normal faoliyat yuritişiga xalaqit beruvçi işonçli xabarlar niqobi ostida ijtimoiy ahamiyatga ega haqiqatga töğri kelmaydigan ma'lumotlarni bila turib tarqatiş - ma'muriy huquqbuzarlik predmeti hisoblangan vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa qirq baravaridan oltmiş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi”.

















