Buxoro viloyati IIB, Milliy gvardiya, Mahalla vazirligi, Yoşlar ittifoqi va boşqa jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda 9-11 mart kunlari tungi vaqtlarda Buxoro va Kogon şaharlari, şuningdek, viloyatning barça tumanlari hududida faoliyat körsatuvçi tungi klub, kafe bar, restoran, çilimxona va boşqa köngiloçar joylarda tungi reydlar ötkazildi.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, tadbirdan közlangan asosiy maqsad tungi vaqtlarda sodir etiladigan oğir va öta oğir jinoyatlarning oldini oliş, ayniqsa tan jarohati yetkaziş bilan boğliq jinoyatlarga yöl qöymaslikdan iborat.

Xodimlar 2 ta guruhga bölingan holda xizmat olib borişdi. Guruh xodimlari uçun alohida avtobus ajratildi.

Olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jami 330 nafar şaxslar içki işlar bölimlariga olib kelindi. Ularning 100dan ortiğini qizlar taşkil qildi.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Tungi köngiloçar joylarda yurgan yoş öğil-qizlar bilan Yoşlar ittifoqi va psixolog xodimlar tomonidan yakka tartibda profilaktik suhbatlar ötkazilib, oilaviy yaşaş şaroitlari, nima sababdan bemahalda (tungi soatlarda) bunday joylarda yurganliklari örganildi. Xodimlar tomonidan ularning barmoq izlari olinib, viloyat hududida sodir etilib, oçilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqador yoki yöqligi, qidiruvdagi şaxslar röyxatlaridan tekşirildi.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Tungi klub va boşqa köngiloçar joylar egalari hamda mas'ullariga voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb etmaslik, tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarsiz bölişlariga yöl qöymaslik töğrisida tuşuntirilib, ogohlantiriş işlari olib borildi.