17 martga ötar keçasi Latviya dengiz, temir yöl, avtobus va aviatsiya orqali xalqaro aloqalarni töxtatadi. Bu haqda Favqulodda kengaşning şoşilinç yiğilişidan keyin Latviya boş vaziri Krişyanis Karinş ma'lum qildi.

Istisnolar faqatgina vatanga qaytiş istagini bildirgan latviyaliklarga hamda mamlakatni tark etişni istagan xorijiy fuqarolarga nisbatan qöllanadi. Boş vazir xorijdagi fuqarolarni qaytiş imkoniyatlari haqida öylab körişga çaqirgan.

Taqiq yuk maşinalari orqali taşuvlarga taalluqli bölmaydi.

Latviyada 12 mart kuni favqulodda holat joriy etilgan, maktablar va oliy ta'lim muassasalarida masofadan ta'lim berişga ötilgan, 50dan ortiq odam iştirok etadigan ommaviy tadbirlar bekor qilingandi.

Maktablardagi markaziy imtihonlar may oyiga qoldirilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, aholisi ikki million kişi atrofida bölgan Latviyada 26 kişida koronavirus aniqlangan.

Uzbekistan Airways ham Latviyaga reyslar bekor qilingani haqida ma'lumot bergan.

«Latviya hukumatining 17 martdan boşlab mamlakat çegarasi böylab yer va havo yölovçi taşişni taqiqlaş töğrisidagi qaroriga muvofiq, 16 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toşkent-Riga-Toşkent yönalişi böyiça yakuniy qatnovni amalga oşiradi. 17 martdan boşlab aviakompaniyaning uşbu yönalişdagi barça qatnovlari bekor qilingan», deyiladi aviakompaniya xabarida. 

  • Batafsil ma'lumot uçun +998781400200 raqami orqali Yagona aloqa markaziga murojaat qiliş söralgan.

Boltiq böyidagi yana bir mamlakat - aholisi soni 3 milliondan oşadigan Litvada esa 9 kişida koronavirus borligi tasdiqlangan, duşanba kuni bu mamlakat ham öz çegaralarini yopadi. BNS agentligi xabariga köra, mamlakatda koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun 16 mart kunidan karantin joriy etiladi.

Karantin munosabati bilan Litvaga xorijliklar kirişi çeklanadi, dökonlar yopiladi. Taqiq yuk taşuvlariga nisbatan qöllanmaydi.

Duşanba kunidan Litva fuqarolariga mamlakatni tark etiş taqiqlanadi, xorijda işlaydiganlar bundan mustasno.

Xorijliklarga esa uç kunlik «gumanitar yölak» taşkil etiladi, ular 19 martga qadar öz vatanlariga qaytişga ulgurişlari kerak.

Aholisi 1,5 million atrofida bölgan Estoniyada ham favqulodda holat joriy etilmoqda, bu yerda koronavirusga çalingan 115 nafar bemor bor.