Namangan şahar “Otçopar” öyingohida Namangan viloyat IIB tomonidan “Ommaviy tartibsizliklarning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş, favqulodda holatlar sodir bölganda uning oqibatlarini bartaraf etiş” mavzusida hamkorlikdagi maxsus taktik maşqi ötkazildi.
Unda Namangan viloyati va Namangan şahar hokimligi, viloyat IIB, Prokuratura, DXX, Milliy gvardiya, FVB, Bojxona, Soğliqni saqlaş boşqarmasi va hududiy bölimlari hamda boşqa aloqador idoralar vakillari iştirok etişdi, deb xabar beradi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Qayd etilişiça, bundan maqsad Namangan viloyati içki işlar organlari şaxsiy tarkibining ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etiş vazifalarining bajarilişi borasidagi harakatlarini örganiş, boşqaruv organlari va hamkorlikda jalb etiladigan kuçlarning jangovar vazifalarni bajarişga tayyorgarligi holatini tekşiriş, hokimiyat, viloyat huquqni muhofaza qiliş va aloqador idoralar bilan hamkorlik masalalari samaradorligini ta'minlaşdir.

“Maşq afsonasiga köra, 11 mart kuni soat 09:30 da Namangan şahar “Döstlik bozori” hududida buyumlarni xarid qiliş uçun kelgan fuqarolar va çakana savdo bilan şuğullanayotgan tadbirkorlar bozor hududida muntazam ravişda elektr manbai öçirilayotganligi natijasida plastik kartalardan savdo qiliş imkoni bölmayotganligidan norozi bölib, 200 nafarga yaqin sotuvçi va fuqarolar töplanib, ruxsat etilmagan namoyişni rejalaştirayotganligi haqida viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi bataloni naryadi xodimlari tomonidan Namangan şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi navbatçilik qismiga ma'lumot taqdim etildi.

Yuzaga kelgan vaziyatga baho berib, hamkorlikdagi tezkor ştab boşliği, Namangan viloyat IIB boşliği polkovnik A.Ataxodjayev tomonidan barça içki işlar organlari ma'muriy binolarini qöriqlaş va mudofaa etilişi hamda ommaviy tartibsizliklarning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş, favqulodda holatlar sodir bölganda uning oqibatlarini bartaraf etiş haqida qaror qabul qilindi va maxsus kuç vositalari orqali vaziyat bartaraf etildi”, deyiladi xabarda.

















