«Bugun Vazirlar Mahkamasida boş vazir A.Aripov boşçiligida Özbekistonda koronavirusga qarşi qanday çoralar körilayotgani haqida komissiya yiğilişi va OAV uçun matbuot anjumani bölib ötdi. Jurnalist va blogerlarga yetarliça axborot berildi, savollariga batafsil javob keltirildi.
Şu asnoda, barça OAV va blogerlarni axborot sohasida qonunçilikka jiddiy va töliq amal qilişlarini söraymiz, ya'ni haqiqatga töğri kelmaydigan axborot tarqatiş «OAV töğrisida»gi qonunning 6-moddasi, «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 12-moddasi birinçi qismini, Jinoyat kodeksini buziş hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Masalan, Jinoyat kodeksi, 244(1)-modda 2-qismi:
«Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan, qirğin solişga yoki fuqarolarni zörlik bilan köçirib yuborişga da'vat etadigan yoxud aholi orasida vahima çiqarişga qaratilgan ma'lumotlar va materiallarni har qanday şaklda tarqatiş, xuddi şuningdek, fuqarolar totuvligini buziş, tuhmatona, vaziyatni beqarorlaştiruvçi uydirmalar tarqatiş hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarşi qaratilgan boşqa qilmişlarni sodir etiş maqsadida dindan foydalaniş, şuningdek, diniy-ekstremistik, terrorçilik taşkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatiş yoxud namoyiş etiş — bazaviy hisoblaş miqdorining uç yuz baravaridan tört yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Uşbu moddaning birinçi yoki ikkinçi qismida körsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh şaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeidan foydalanib;
v) diniy taşkilotlardan, şuningdek, çet el davlatlari, taşkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boşqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, şuningdek, Internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib sodir etilgan bölsa, — beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi», deydi AOKA direktorining birinçi örinbosari Dilşod Saidjonov.


















