16 mart kunidan Özbekistondagi barça diniy konfessiyalarda ham örnatilgan tartibda ommaviy ibodatlar, marosimlar vaqtinçalik töxtatildi. Şuningdek, ularga qaraşli diniy ta'lim muassasalarining talaba-öquvçilari ham ta'tilga çiqarilgan.
«16 mart kunidan e'tiboran respublikamizda koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça karantin e'lon qilindi. Boş vazir Abdulla Aripov boşçiligida ötkazilgan yiğilişda barça diniy taşkilotlarda diniy marosimlarni vaqtinça ötkazmaslik böyiça iltimos bilan murojaat etilgandi.
Ana şu körsatmaga binoan, şuningdek, Din işlari böyiça qömita tomonidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Özbekiston Musulmonlari idorasi va boşqa 15ta diniy konfessiyalarga keng aholi qatlamlarining jamoat joylarida yiğilişining oldini oliş maqsadida ommaviy diniy tadbirlar va boşqa marosimlar ötkazilişini vaqtinça töxtatiş böyiça tavsiya xati yuborildi.
Zudlik bilan diniy idorada Ulamolar kengaşi yiğilişi çaqirildi. Uşbu masala Ulamolar kengaşi a'zolari tomonidan örganildi va Musulmonlar idorasining maxsus fatvosi işlab çiqildi.
Internetda e'lon qilingan mazkur fatvoga köra 16 martdan sanitar-epidemiologik osoyiştalikni ta'minlaş maqsadida joriy etilgan karantin jarayonida Özbekiston Musulmonlar idorasi tizimidagi diniy taşkilotlar, ta'lim muassasalari va ziyoratgohlar obektlarida ommaviy tarzda ötkaziladigan marosimlar, ibodatlar va şu kabi tadbirlar vaqtinçalik çeklandi. Jumladan, masjidlarda kunlik jamoat namozlari, juma namozlari hamda janoza namozini ado etiş vaqtinçalik töxtatildi.
Yurtdoşlarimizga barça diniy ibodatlarni öz uylarida amalga oşirişi tavsiya etildi. Şuningdek, diniy ta'lim muassasalarida talabalar, öquvçilar va tinglovçilarga ham ta'til e'lon qilindi.
Öz navbatida, boşqa diniy konfessiyalarda ham örnatilgan tartibda ommaviy ibodatlar va marosimlar vaqtinça töxtatildi. Şuningdek, ularga qaraşli diniy ta'lim muassasalarining seminariya va monastir talaba-öquvçilari ham ta'tilga çiqadi.
Karantin davrida barça diniy taşkilotlarda, jumladan, masjidlarda, çerkov va ibodatxonalar, diniy ta'lim muassasalari, madrasalar, seminariy va monastirlarda töliq dezinfeksiya işlari amalga oşiriladi», degan Din işlari böyiça qömita vakili.

















