«Özgidromet» xabariga köra, çorşanba kuni respublika hududining katta qismida ob-havo avvalgidek yoğingarçiliksiz böladi, faqat Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Kaspiy dengizi hududidan harakat qilayotgan kam nam havo oqimining kirişi sababli keçasi va ertalab ayrim joylarga kuçsiz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati bir oz pasayadi va 18-23 darajani taşkil qiladi.
Payşanba kuni butun respublika böyiça ob-havoning quyoşli bölişi va haroratning 23-25 darajagaça kötarilişi kutilmoqda.
Juma va şanbada Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududidan yana nam havo oqimi kiradi, natijada şimoli-ğarbiy va janubi-ğarbiy tumanlarda 20 mart kuni, markaziy, janubiy va şarqiy tumanlarda 21 mart kuni ayrim joylarga yomğir yoğadi.
Şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Şu kunlarda havo harorati 18-23 darajagaça pasayadi.

















