2020 yil 16 mart kuni Riga - Toşkent yönalişi böyiça bölgan HY104 qatnovi Namangan şahriga keladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, uşbu qatnov bilan kelgan barça yölovçilar Namangan şahrida karantinga yuboriladi.

Yölovçilarning vaqtinça joylaştiriş punktida turişi masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligining boş qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiliş mumkinligi aytiladi.

Bundan oldin, Uzbekistan Airways xalqaro yönalişlardagi barça qatnovlarni bekor qilgani xabar berilgandi.