Rossiya Belarus bilan chegarasini qisman yopdi
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Belarusda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 36 ta holat qayd etilgan, uch kishi sog‘ayib ketgan.
Rossiya hukumati odamlar o‘tmasligi uchun Belarus bilan chegarani yopdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma'lum qildi.
"Biz bundan buyon ham mamlakatimizni bu yangi tahdiddan himoya qilish uchun barcha narsani amalga oshiramiz, koronavirus keng tarqalmasligi uchun chora ko‘ramiz", - dedi u.
Yagona idoralararo axborot-statistika tizimi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga 2019 yilda Belarusning 440 mingdan ortiq fuqarosi kelgan.
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Belarusda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 36 ta holat qayd etilgan, uch kishi sog‘ayib ketgan.
Rossiya 16 mart kunidan Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek, Shveytsariya va Norvegiya bilan aviaqatnovlarni chekladi. Faqat poytaxtga 4ta doimiy reyslar va charter reyslar saqlab qolindi.
Charter reyslarda YeI hududiga faqat ushbu hududdagi davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari uchishi mumkin, Rossiyaga esa faqat rossiyaliklar qaytadi.
Mavzuga oid
01:16
AQSh raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
23:54 / 19.11.2024
Chexiya yuzlab maktablardagi portlash tahdidlarida rossiyalik josuslarni aybladi
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024