Samolyot Toşkent vaqti bilan soat 21:44da Namangandagi aeroportga qöngan.

Samolyotda 175 yölovçi olib kelingan.

Uşbu qatnov bilan kelgan barça yölovçilar Namangan şahrida ikki haftalik karantinga joylaştiriladi.

Qayd etiş kerakki, bu Toşkent—Riga—Toşkent yönalişi böyiça Uzbekistan Airways’ning yakuniy qatnovi. 17 martdan uşbu yönaliş böyiça barça parvozlar bekor qilinadi.

Yölovçilarning vaqtinça joylaştiriş punktida turişi masalalari böyiça Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligining boş qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiliş mumkin.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus paydo bölişi munosabati bilan joriy etilgan karantin çoralari doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 16 mart kunidan xalqaro yönalişlar böyiça barça qatnovlarni bekor qildi. Bundan keyin xorijdagi fuqarolar charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinişi mumkin.