U Covid-19 bilan bog‘liq 15 kunlik harakat rejasi e'lon qilinganini eslatib o‘tgan.

«Ko‘plab amerikaliklar o‘z uylaridan ishlay oladilar, shunday qilishsin ham. Sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat sanoati sohalarida xizmat ko‘rsatuvchilar bunday yo‘l tutish imkoniga ega emas, lekin o‘zlarini xavfsizlikda saqlash uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishlari kerak», degan AQSh prezidenti.

U mamlakatda sayohat uchun cheklovlar bo‘lishi mumkinligini aytib, fuqarolardan uyda qolishni, zarurat bo‘lmasa, hech qayerga bormaslikni so‘radi.

«Bir kun ushbu minbarda turib: «Biz yengdik, deb aytamiz»

Mamlakatdagi Covid-19 test-sinovlarining yetarli darajaga yetkazishga erishish uchun harakat qilinayotganini ta'kidlagan Tramp shtatlarga o‘z hududi doirasida sinovlarni ishlab chiqish imkoniyatini berganini ma'lum qildi.

«Bir kun mana shu minbardan turib: «Biz yengdik, deb aytamiz», dedi u.

«O‘ylaymanki, bizning iqtisodiyotimiz tezda tiklanadi»

Shuningdek, u turizm sohasi, ayniqsa, kichik biznes va aviakompaniyalar epidemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolganiga ishora qildi va ushbu sohada ishlaydiganlarga zarar yetkazmaslik uchun yordam ko‘rsatishini, Moliya vaziri Steven Mnuchin ham bugun Kongress a'zolari bilan rag‘batlantirish paketini o‘z ichiga olgan qonun loyihasi haqida kelishishini aytdi.

«Ushbu paket katta bo‘ladi, Oq uy qonun loyihasini 800 milliard dollar miqdorida imtiyoz sifatida Kongressga taqdim etishni taklif qildi. Ikki tomonning fidokorligi xalqimiz salomatligi va iqtisodiyotimizni himoya qilishi mumkin. O‘ylaymanki, iqtisodiyotimiz tezda tiklanadi. Agar biz mamlakatimiz uchun to‘g‘ri yo‘lni tanlasak, ishlar tezda iziga tushib ketadi», dedi u.

«Xitoy virusi» ifodasiga izoh

Tramp tvitterda Covid-19’ni «Xitoy virusi» deb nomlaganini eslatdi.

«Xitoy virus bizning mamlakatimizdan kelganiga oid noto‘g‘ri ma'lumotlar taqatayotgandi. Bu asossiz edi. Virus qayerda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yerdan kelgan, deyishga majburman», dedi u. 

U epidemiyaning avvalboshda jiddiy qabul qilinmagani borasidagi tanqidlarga shunday javob qaytargan: «Men hali pandemiya e'lon qilinmasdan avval bu bir ulkan epidemiya ekanini his qilgandim».