Agentlik suhbatlaşgan 20 treyderdan 18tasi Brent neftining bir barreli narxi 20 dollargaça va undan ham tuşib ketişi mumkin deb hisoblamoqda. Ularning sözlariga köra, WTI nefti narxi undan 3-5 dollarga arzonroq böladi. Bu narx bir neça hafta va yil oxirigaça saqlanib qolişi mumkin, dedi agentlik suhbatdoşlari.
Aprel örtalariga kelib 20 dollarlik darajaga yetib boriladi, dedi Hindistondagi Bharat Petroleum Corp neft korxonasi direktori R. Ramaçandran.
Ayrim treyderlar neft narxi şu darajada pasaydiki, ba'zilar kelgusida uning narxi oşişiga umid qilib zaxira yiğiş maqsadida sotib olişni boşlab yubordi, degan fikrda. Yana ayrimlari esa narxlar işlab çiqaruvçilar foyda körmaydigan darajagaça tuşib, natijada neft qazib oliş töxtaydi, deb hisoblamoqda.
Yirik banklarning tahlilçilari ham neft narxi yaqin oylar içida pasayişda davom etadi, deb hisoblamoqda. Goldman Sachs investitsiya banki ekspertlari bank Brent neftining ikkinçi çorakdagi narxi prognozini 30 dollardan 20 dollargaça tuşirganini bildirdi.
Citigroup Brent nefti narxi bir barrel uçun 17 dollar va undan ham arzonroq bölişini taxmin qilmoqda. Agentlikning yozişiça, bankning eng yomon ssenariy böyiça taxminiga köra, ayrim mintaqalarda omborlar va yetkazib beriş tarmoqlari yetişmasligi natijasida bir barrel neft narxi 5 dollargaça tuşişi mumkin.
Energy Aspecs tadqiqot markazi Brent narxi aprelda 10 dollargaça tuşişini, yil davomida esa 20 dollar atrofida bölişini taxmin qilmoqda.
Çorşanba kuni Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 25 dollardan pastroqqa tuşdi. Ertasi kuni esa 28 dollargaça kötarildi. Neft narxlariga koronavirusga qarşi kuraş va Saudiya Arabistoni bilan Rossiyaning neft bozoridagi kuraşi ta'sir körsatmoqda, deb yozadi Bloomberg.

















