O‘zbekiston | 14:11 / 22.03.2020
12425
2 daqiqa o‘qiladi

24 martdan O‘zbekistondagi barcha davlat arxivlarida karantin e'lon qilinadi

Karantin jarayonida “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlari ishchi holatida o‘z ish faoliyatini olib boradi. So‘rovlar elektron qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasida koronovirus pandemiyasi natijasida e'lon qilingan karantin sababli 24 martdan respublikadagi barcha davlat arxivlarida karantin e'lon qilinadi va vaqtincha foydalanuvchilarga an'anaviy tarzda xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi. Bu haqda "O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati bayonotida ma'lum qilindi.

Bayonotda aytilishicha, karantin vaqtida respublikadagi davlat arxivlarining qabulxona va hujjatxonalarda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

Karantin jarayonida “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlari ishchi holatida o‘z ish faoliyatini olib boradi. So‘rovlar elektron qabul qilinadi.

“Davlat arxivlariga fuqarolar mehnat staji va ish xaqi bo‘yicha arxiv ma'lumotnomalarini olish uchun elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmat portali my.gov.uz, [email protected] (jumladan milliy arxivlar va arxiv ishi hududiy boshqarmalarining elektron pochta manzillari Agentlikning rasmiy veb-sayti www.archive.uz da joylashtirilgan) elektron pochta manziliga murojaat etishlari mumkin. So‘rovingizning ijro holati yuzasidan telefon orqali bilib ham olishingiz mumkin. "O‘zarxiv" agentligi "Ishonch telefoni" 71-230-50-44. Foydalanuvchilarni qabul qilishni amalga oshirilishi oldindan “O‘zarxiv” agentligining archive.uz rasmiy saytida e'lon qilinadi”, deyiladi bayonotda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid