Ta'kidlanişiça, uşbu qaror koronavirus tarqalişi xavfini kamaytiriş uçun qabul qilingan.
«Özbekiston Qurolli kuçlari muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan fuqarolarsiz ham mamlakat xavfsizligi, çegaralar daxlsizligi hamda barqarorlikni ta'minlaş qudratiga ega. Navbatdagi çaqiruvning keçiktirilişi milliy armiyamiz salohiyatiga putur yetkazmaydi», – deya munosabat bildirdi Mudofaa vazirligidagi mutasaddi şaxs.
Ma'lum qilinişiça, çaqiruvning keçikişi armiya safidagi muddatli hamda safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga ham tatbiq etiladi. Safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uçun şartnoma imzolab, tölovni bajargan şaxslar reja asosida örnatilgan tartibda xizmatni keyinroq ötaşi aytilmoqda.
«Bundan közlangan asosiy maqsad – virus tarqalişiga qarşi kuraşiş. Çaqiruv uçun nomzodlar tibbiy körikdan ötadi, ularning yaqinlari marosimlar uçun yiğilişi mumkin. Şularni inobatga olib, çaqiruvni keçiktiriş maqsadga muvofiq, deb topildi», – deydi suhbatdoş.
Bundan avvalroq, Toşkent şahriga kiriş va çiqişdagi çeklovlar yuk taşiş bilan boğliq hollarga, şuningdek, Toşkent şahrida doimiy yaşovçi şaxslarga tatbiq etilmasligi belgilangan.

















