Çet el yuridik şaxsini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) vakolatxona orqali faoliyat yuritayotgan joydagi soliq organlarida hisobga qöyiş Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotlar asosida amalga oşiriladi, deb yozmoqda Norma.
 
Boşqa alohida bölinmalar orqali faoliyat yuritganda uni hisobga qöyiş (hisobdan çiqariş) Özbekiston hududida faoliyat yurita boşlagan kundan boşlab 30 kalendar kundan keçiktirmay soliq organiga taqdim etilgan ariza asosida amalga oşiriladi. Bunday şaxs hisobdan çiqariş töğrisidagi arizani faoliyatni tugatgan kundan boşlab 15 kalendar kundan keçiktirmay taqdim etadi.
 
Çet el yuridik şaxsi arizani taqdim etiş çoğida loyihada röyxati keltirilgan hujjatlarni unga ilova qiladi. Xususan:

özi ta'sis etilgan mamlakatda davlat röyxatidan ötkazilganligini tasdiqlovçi hujjatning davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi;

rahbarning (vakolatli şaxsning) fuqarolik pasporti nusxasi;

vakolatli şaxsning çet el yuridik şaxsi nomidan Özbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oşiriş huquqini tasdiqlovçi işonçnomaning yoki boşqa hujjatning (ular mavjud bölgan taqdirda) davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi;

çet el yuridik şaxsi vakolatli organining Özbekiston Respublikasida alohida bölinma taşkil etiş töğrisidagi qarori.
 
Arizani elektron şaklda taqdim etganda faqat ta'sis hujjatini (notarial tasdiqlangan nusxasi söralmaydi) taqdim etiş mumkin, qolgan hujjatlar talab etilmaydi.
 
Ilovalarda arizalarning şakllari hamda çet el yuridik şaxsi, şuningdek elektron şaklda xizmatlar körsatuvçi çet el yuridik şaxsi soliq organida hisobga qöyilganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi töğrisidagi guvohnomalarning şakllari alohida keltirilgan.
 
Hisobdan çiqariş çoğida yuqorida sanab ötilgan hujjatlarga qöşimça ravişda yuridik şaxsning faoliyati tugagan sanada tuzilgan moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etiş zarur.
 
2020 yil 3 aprelga qadar loyihani muhokama qiliş, uning yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bildiriş mumkin.