«Özbekiston temir yöllari»  AJ axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, uşbu tartib kompaniyaning yölovçi taşiş faoliyatiga tatbiq etilib, rejadagi reyslar bekor qilingan.

«Xarid qilingan çiptalar temir yöl kassalarida qaytarib olinadi hamda çipta pullari heç qanday foiz uşlanmasdan, örnatilgan tartibda va belgilangan muddat içida qaytarib berilişi kafolatlanadi. Elektron çiptalarni esa https://e-ticket.railway.uz saytidagi «şaxsiy kabinet» orqali qaytariladi», – deyiladi kompaniya rasmiy axborotida.

Ta'kidlanişiça, temir yöl qatnovlari Toşkent şahridan boşlanişi hisobiga boşqa hududlari orasidagi qatnovni ham amalga oşiriş imkoniyat yöq.

Yölovçi poyezdlarning harakati yölga qöyilişi haqida «Özbekiston temir yöllari» AJning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon beriladi.

Ma'lumot uçun, uşbu tartib kompaniyaning temir yöl orqali yuk taşiş faoliyatiga ta'sir qilmaydi.