Bugun, 23 mart kuni Nurafşon şahrida Toşkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş favqulodda komissiyasining işçi yiğilişi bölib ötdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga köra, yiğilişda viloyatda bu yönalişda amalga oşirilgan işlar tahlil qilindi. Ştab a'zolarining axboroti eşitildi, mavjud vaziyatdan kelib çiqib, galdagi vazifalar belgilandi.

Unga köra, ertadan boşlab Toşkent viloyati hududida joylaşgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan şuğullanadigan barça bozorlarning faoliyati töxtatiladi.

Karantin talablariga rioya etmay, xörandalarni qabul qilişda davom etayotgan umumiy ovqatlaniş şoxobçalariga nisbatan çoralar kuçaytiriladi.

Korxona va taşkilotlar tomonidan öz işçi-xodimlari uçun tibbiy-gigiyenik vositalar jamğarilişi, hududda sanitar-tozalaş, dezinfeksiya işlarini amalga oşirilişi majburiy hisoblanadi.

Şahar va tuman hokimliklari tomonidan uy şaroitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş çora-tadbirlari köriladi.

  • Ma'lumot uçun, «Toşkent savdo majmuasi» (sobiq «Abu Saxiy» bozori) va «Bek Baraka» savdo majmuasi ham Toşkent viloyati hududida joylaşgan.