Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Agentlik ekspertlarining ta'kidlaşiça, neft energiya ekvivalenti hisobidan kelib çiqilsa, ayni vaqtda eng köp sotiluvçi kömirdan arzonroqqa baholanmoqda.    

Misol uçun, Avstraliyaning “Nyukasl” turidagi kömir 20 mart kuni ICE Futures Europe birjasida tonnasiga 66,85 dollar narxda sotilgan. Bu esa bir barrel neftning 27,36 dollar narxda sotilişiga teng. Şu kunidagi savdolar vaqtida Brent nefti narxi 26,98 dollarga tuşib ketgan. 

“Neftning qulaşi endi kömir eng qimmatbaho foydali qazilmaga aylanganini anglatadi”, deb ta'kidlab ötişgan mutaxassislar.

23 mart kunidagi savdolar vaqtida neft narxi yanada qulab, bir barreli 25,25 dollargaça tuşib ketgan. Biroq aytiş joiz, birozdan keyin neft narxi 26 dollargaça kötarilgan.