Dunyoda bir neça oy içida neft omborlari va supertankerlar arzon neftga töladi va şundan keyin neft yanada arzonlaşişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, joriy neft inqirozi oxirgi 100 yil içidagi eng yomoni hisoblanadi. Biroq vaziyat bundan ham yomonlaşişi mumkin, çunki tez orada neft iste'moli qisqarişi kutilmoqda. Bu haqda Financial Times naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, neft bozoriga salbiy ta'sir qilgan birinçi omil koronavirus sababli butun dunyo böylab işlab çiqarişning töxtatilişi, davlat çegaralarining yopilişi va aviaaloqaning töxtatilişi böldi. Ikkinçi salbiy omil esa Rossiya va Saudiya Arabistonining OPeK+’ning neft qazib oliş hajmini qisqartiriş böyiça kelişuvidan çiqişi hisoblanadi. Buning natijasida neft narxi oxirgi 20 yil içidagi minimum qiymatgaça tuşib ketdi.
Şu bilan birga, tahlilçilarning fikriça, neft bozori yanada qulaşi mumkin. Odatda kuniga 100 mln barrel darajasida uşlanib turuvçi neftning dunyo böyiça iste'moli yaqin oylarda 10-25 foizga qisqarişi mumkin. Bir neça oy içida neft omborlari arzon neft bilan tölib-toşadi. Xuddi şu kabi holat neftni saqlaş uçun qöşimça quvvatlar sifatida qöllanuvçi supertankerlar bilan ham yuz beradi.
Buning ortida neft yanada arzonlaşişi mumkin. Mutaxassislar Brent turidagi neft narxi 10 dollargaça yoki undan ham tuşib ketişi mumkinligini aytişmoqda.
Ötgan hafta Brent nefti narxi 2003 yildan beri birinçi marta 26 dollardan pastroqqa tuşib ketdi. Şundan keyin ham neft narxi tuşişda davom etib, 24,72 dollargaça pasaygan. Oxirgi savdolar ma'lumotlariga köra, hozirda Brent narxi 28 dollardan köproqni taşkil qilmoqda.

















