Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston pochtasi» mamlakat ichida pochta jo‘natmalari yetkazib berishni davom ettiradi
Bu, o‘z navbatida, pochta jo‘natmalarini shu yo‘nalishlarda kechikishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan mamlakat ichidagi shaharlararo pochta almashinuvi o‘ziga tegishli avtotransport va Uzbekistan Airways kompaniyasining havo transporti (Termiz, Nukus, Urganch) orqali amalga oshirilar edi.
O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishi natijasida Uzbekistan Airways kompaniyasining havo transporti orqali respublikaning (Termiz, Nukus, Urganch) shaharlariga o‘z parvozlarini to‘xtatgan.
Shu munosabat bilan «O‘zbekiston pochtasi» AJ pochta jo‘natmalarini yuqoridagi shaharlar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zining qo‘shimcha avtotransporti orqali amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi.
Bildirilishicha, bu, o‘z navbatida, pochta jo‘natmalarini shu yo‘nalishlarda kechikishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda pochta jo‘natmalarini yetkazilishini uzluksiz amalga oshirilishi ta'minlanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, «O‘zbekiston pochtasi» AJ yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘ragan.
Avvalroq, «O‘zbekiston pochtasi» qator davlatlarga pochta jo‘natmalari qabul qilishni boshlagandi.
Mavzuga oid
09:04 / 11.06.2026
Tashkilotlar korporativ pochtalariga kiberhujumlar kuzatilmoqda
18:05 / 27.02.2026
1 martdan jarima xatlari pochta orqali yuborilmasligi mumkin
13:57 / 07.11.2025
Pochta va kurerlik jo‘natmalari uchun yangi bojxona tartibi tasdiqlandi
16:17 / 20.10.2025