Nurmat Otabekov: Xitoylik mutaxassislardan xavfsirash emas, ularning tajribasidan foydalanish kerak
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov internetdagi O‘zbekiston xitoylik mutaxassislardan yordam so‘ramasligi kerakligi haqidagi chaqiriqlarga munosabat bildirdi.
«Bilmadim, bunday gaplar qayerdan chiqyapti. Nazarimda, hozir biz aynan Xitoydan yordam olishimiz kerak. Negaki, ushbu davlat koronavirus epidemiyasini yengib, butun dunyoga kasallikni yengish imkoniyati borligini isbotladi. Mutaxassislari esa uch oylik karantin davrida katta tajribaga ega bo‘lishdi. Xitoy davlati o‘zi yordam beraman deb turgan paytda, oldi-qochdi gaplarga ishonib, undan voz kechish juda katta xato bo‘lardi», deya uning so‘zlarini keltirgan muxbiri.
Shuningdek, Nurmat Otabekov «11 oylik chaqalog‘i bilan charter reys bilan olib kelingan ayolni uy sharoitida karantin qilish imkoniyati» haqidagi savolga javob qaytargan.
«Yo‘q, bu ayol charter reys bilan epidemik vaziyat noxush hududdan olib kelingan. Bunday tartibda olib kelingan odamlarning barchasi bir joyda, birday tartibda, bir xil muddatda karantinda bo‘lishi kerak. Ularni zinhor bir samolyotda kelgan boshqalardan ajratib bo‘lmaydi. Agar shunday qilinmasa (mabodo yo‘lda yoki epidemik noxush hududda bo‘lgan davrda) kasallik virusini yuqtirib olgan bo‘lsa, uyidagi yaqinlarini ham xavf ostida qoldirishi mumkin», degan u.
Bola karantin bilan qamrab olinmagan bo‘lsa, rejali emlashni o‘tkazish mumkinligi ham aytib o‘tildi.
«Agar farzandingiz karantin tadbirlari bilan qamrab olinmagan bo‘lsa, emlash kalendariga muvofiq, rejali emlash tadbirlarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Buning uchun hech qanday cheklov yo‘q», - deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
18:11 / 13.12.2023