Italiyada bölib turgan xitoylik ekspert-epidemiologlarning ikkinçi guruhi rahbari, Çjetszyan tibbiyot universiteti qoşidagi birinçi klinika vitse-prezidenti Tsyu Yunsin Italiyada koronavirus yuqtirganlar soni köpayib ketişiga infeksiya manbasining topilmagani sabab bölganligini aytdi.
Uning sözlariga köra, eng katta muammo mana şunda. Reagentlar va test ötkaziş uçun tibbiyot xodimlari yetişmasligi mavjud. Bundan taşqari, juda köpçilik tibbiy tekşiruvdan ötkazilmagan. Mana şu narsa epidemiya manbasi topilmasligiga olib kelgan.
Şifokorning fikriça, atrofdagilarga kasallik yuqtirişda davom etayotgan bemorlar ustidan yetarliça nazorat örnatilmagan. U şuningdek, kasallik yuqtirganlarning barçasini aniqlaş va ularni izolyatsiya qiliş kerakligini ta'kidladi.
Xitoylik ekspertlar koronavirusga çalinganlar davolanayotgan şifoxonalarda ham böldi. Tsyuning sözlariga köra, şifokorlar kasallik töğrisida kam ma'lumotga ega, palatalarda esa bir neça yuzlab bemorlar joylaştirilgan.
U xitoylik ekspertlar beradigan vositalar va tajriba italiyalik şifokorlarga yordam berişiga umid qildi. Ular özlari bilan an'anaviy xitoy tabobatida qöllaniladigan dori-darmonlar ham olib kelgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Italiyada koronavirusga çalinganlar soni 74 ming nafardan oşib ketgan, 7500dan ortiq kişi vafot etgan.


















