Quyidagi maqolada mavjud vaziyat va koronavirusdan keyin dunyo manzarasi qanday özgarişlarga yuz tutişi haqida atrofliça muşohada yuritiladi.

Dunyo yangi davr bösağasidami?

Uşbu bosqiçda oqibatlar töğrisida aniq bir fikr aytiş qiyin bölsa-da, epidemiya yuzaga keltirgan ilk natijalarga tayangan holda, ba'zi bir mulohazalarni bildiriş mumkin. Ayni paytdagi vaziyatni hisobga olsak, Covid-19’ning avj olişi iqtisodiy, siyosiy, harbiy va ijtimoiy darajada jiddiy özgarişlarga sabab bölayotgani va sabab bölişi oydinlaşadi. Çunki koronavirusning yangi turi deyarli barça sohalarda, xususan iqtisodiyot, soğliqni saqlaş, oziq-ovqat sanoati negizida jiddiy muammo va taşvişlar keltirib çiqarmoqda. Ta'bir joiz bölsa, virus asoratlari dunyo psixologik nuqtayi nazardan yangi bir davrga kirganini körsatmoqda.

Kutilmaganda sodir bölgan bunday inqirozlar birinçi navbatda keskin munosabatlarni keltirib çiqarişi tabiiy. Biroq dunyoning köplab mintaqalarida mojarolar davom etayotgan, BMT öz vazifasini bajara olmay qolgan, Ğarb «ğarblik»ni muhokama qilayotgan va muammolarini hal eta olmayotgan bir davrda tarqalgan Covid-19 epidemiyasi dunyo tarixining eng muhim lahzalaridan biri sifatida tarixga kirişi mumkin. Ehtimol, yaqinda tarixiy jarayon koronavirusdan oldingi va koronavirusdan keyingi davrlarga ajratilsa, ajabmas.

Muammolar yeçim topmaydimi?

Sovuq uruşdan söng globallaşuv, yangi dunyo tartiblari va köp qutblilik munozaralari kun tartibiga kötarilgan bölsa, Covid-19 avj olişi globallaşuvni kutilmaganda karantinga oldi va şu tariqa globallaşuv jarayonidagi siljişni söroq ostiga qöydi. Qolaversa, AQŞning uşbu epidemiyaga qarşi kuraşdagi holati hokimiyatning gegemonik tendensiyasi va qiyofasiga putur yetkazdi. Şu bilan bir qatorda, yangi dunyo tartiboti himoyaçilarining ham öz «nasiba»larini olişga majbur qildi.

Agar yangi turdagi koronavirus tarqalişi qisqa muddatda bartaraf etilmasa, globallaşuv va yangi dunyo tartiblariga ulkan zarar yetadiganga öxşaydi. Köp qutblilik munozaralarining yöli nisbatan ravşan körinayotgan bölsa-da, Xitoyning epidemiyaga qarşi kuraşdagi tutumi dunyodagi muammolar yeçim topmaydi, balki turlanib-tuslanib özgarişda davom etaveradi, degan xavotirni kuçaytirmoqda.

Koronavirusning jahon tizimidagi ilk siyosiy qiyofasi davlatlar duç keladigan qiyinçiliklar, ularning munosabati va olingan natijalar orqali «çizilişi» mumkin. Inqirozni boşqariş, soğliqni saqlaş infratuzilmasi, keksalar bilan umumiy hayot, gigiyenaga oid qoidalar, diniy-madaniy kodlar, keksalar soni va iqtisodiy imkoniyat kabi omillar Covid-19’ga qarşi kuraşda asosiy faktor sifatida örtaga çiqadi.