Fuqarolar qoidalarga rioya qilmagani uchun ham qat'iy cheklovlar o‘rnatilmoqda – IIV
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov maxsus stikerlar bo‘yicha yuzaga kelayotgan noroziliklarga munosabat bildirdi. Uning ta'kidicha, bunday cheklovlarning o‘rnatilishiga fuqarolarning xatti-harakatlari sabab bo‘lmoqda.

Foto: KUN.UZ
Bugun, 30 mart kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov shaxsiy avtomobilda harakatlanishga cheklovlar qo‘yilayotganiga izoh berdi.
«Hukumat karantin qoidalari bo‘yicha cheklov e'lon qilishda, ayni vaqtda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadi.
Ya'ni fuqarolarga ko‘chaga chiqmaslik haqida juda ko‘p marotaba ogohlantirish berilishiga qaramasdan, ko‘pchilik bunga rioya etmadi. Shuning uchun hukumat qat'iy cheklovlarni kiritishga majbur bo‘ldi. Ayrim tushunmagan fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda salbiy munosabat bildirishmoqda», – dedi G‘iyosov.
IIV matbuot kotibiga ko‘ra, avtomobillarga ruxsatnoma olishda ko‘pchilikka rad javobi berilmoqda. Shu munosabat bilan u O‘zbekistonning yirik shaharlarida avtomobilda harakatlanishga imkon beruvchi stiker kimlarga berilishini eslatib o‘tdi:
- oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning xizmat transporti va xodimlarining shaxsiy transporti;
- sanitariya va gigiyena mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalari;
- Toshkent viloyati va Toshkent shahrida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari.
«Boshqa transport vositalariga stiker berilmaydi. Davlat xizmatlari markazlarida to‘planmang, u yerdagi xodimlar va o‘zingizning asabingizni buzmang», – dedi IIV rasmiysi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:01
-
Renessans ta’lim universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi
O‘zbekiston | 19:15
-
“Hanuz Erdo‘g‘andek kuchli lider Turkiyada yo‘q” - siyosiy tahlilchi bilan suhbat
Jahon | 18:25
-
Turkmanistonda YeI va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

14:12 / 16.12.2022
IIV mas’ullaridan tizimdagi xodimlar og‘ir mehnat sharoiti va oylik maosh kamligi haqida so‘raldi

21:17 / 15.12.2022
Shohrux G‘iyosov - mitinglar haqidagi qonun, Bobojonovning “yopiqligi” va Norboyevaning uyidagi o‘g‘rilik haqida

14:14 / 09.12.2022