Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetini taşkil etiş töğrisidagi PQ-3815-sonli qarori ijrosi yuzasidan universitetda nufuzli xorijiy universitetlar tajribalarini tatbiq qiliş böyiça köpgina işlarni amalga oşirib kelmoqda. Jumladan, 2019-2020 öquv yilining II semestridan boşlab, talabalarning darslarga erkin qatnaşişi hamda universitet professor-öqituvçilarining akademik mustaqillikni ta'minlaş böyiça universitetning xalqarolaştiriş va strategik rivojlaniş masalalari böyiça birinçi prorektori vazifasini bajaruvçi, iqtisod fanlari doktori, professor B.X.Turayevning taşabbusi bilan öqitişning masofali ta'lim platformalari örganib çiqildi. Örganiş natijasida universitetning xususiyatidan kelib çiqib, Edmodo ta'lim platformasidan foydalaniş maqsadga muvofiq deb topildi.
Universitetning ta'lim jarayoniga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda Edmodo ta'lim platformasidan foydalaniş böyiça yöriqnoma işlab çiqildi hamda yetarli xorijiy tajribaga ega universitet mutaxassislari Alişer Kamilov va Jasur Yaxşilikovlar tomonidan universitet professor-öqituvçilariga va talabalarga seminarlar taşkil etildi.

Universitetning ta'lim jarayoniga jalb etilgan xorijlik mutaxassislarning bergan tavsiyalari asosida Edmodo ta'lim platformasidan foydalaniş böyiça yöriqnoma işlab çiqildi hamda yetarli xorijiy tajribaga ega universitet mutaxassislari Alişer Kamilov va Jasur Yaxşilikovlar tomonidan universitet professor-öqituvçilariga va talabalarga seminarlar taşkil etildi.
Hozirgi vaqtda universitetda ta'lim jarayoni Edmodo ta'lim platformasi orqali masofaviy şaklda olib borilmoqda. Şuni alohida qayd etiş kerakki, respublikamiz oliy ta'lim muassasalari içida ilk bor Edmodo ta'lim platformasidan öquv jarayonida foydalaniş tajribasi birinçi bölib «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida tatbiq etildi.

Edmodo ta'lim platformasida öqitişning barça turdagi ma'lumotlarini (audio, video, hujjatli va boşqa) uzatiş imkoniyati mavjud. Bu platforma nafaqat öqituvçiga talabalarning topşiriqlarni öz vaqtida topşirişi, balki ota-onalarning ham farzandlarini bevosita ta'lim jarayoni iştirokçisi sifatida kuzatişi hamda ularning fanlarni qanday özlaştirayotganliklarini ham biliş imkoniyatini beradi. Şu bilan bir qatorda, bu platformaning yana bir afzalligi şundaki, unda har bir berilgan topşiriqni bajarişning oxirgi muddati (deadline) körsatilgan bölib, mazkur muddat içida talabalar fan uçun ajratilgan ballar (kredit)ning bir qismini oliş imkoniyatiga ega bölişadi. Platformaning bu jihati talabalarning ta'lim jarayonida faol bölişlariga rağbat beradi.
















