O‘zbekiston | 13:28 / 31.03.2020
6121
2 daqiqa o‘qiladi

Malaka oshirish o‘qishlari karantindan keyin davom etadi

Koronavirus xavfi tufayli joriy etilgan karantin davrida malaka oshirish ta'lim tashkilotlari faoliyati to‘xtatilgan. O‘qish karantindan keyin davom etadi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Feruza Madrahimova karantin davrida malaka oshirish ta'lim tashkilotlari faoliyati to‘xtaganini ma'lum qildi. U bu haqda 31 mart kuni AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda aytgan.

«Karantin davrida o‘talmagan malaka oshirish o‘qishi reja asosida muayyan vaziyat barqarorlashgach, davom etadi. Shuningdek, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish faoliyati ham qisman to‘xtatilgan. Ayni paytda, masofadan turib hujjatlarni tahlil etish va o‘rganish ishi davom ettirilmoqda, xolos», - deydi u.

 
Malaka oshirish o‘qishlari karantindan keyin davom etadi

Malaka oshirish o‘qishlari karantindan keyin davom etadi 👉 https://kun.uz/33435430

Posted by Kun.uz on Tuesday, March 31, 2020

Eslatib o‘tamiz, karantin tufayli ayrim bank kassalari, valuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati ham to‘xtatildi.

Алишер Рўзиохунов
Tayyorlagan Алишер Рўзиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid